21:51 20 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Inostrannыe rabochiye u xostela

Rossiyada nima migrantlarni roʻyxatdan oʻtishga majburlaydi – ekspert fikri

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Migratsiya
Havola olish
447 0 0

"XXI asr migratsiya" fondi vitse-prezidenti Natalya Vlasova nima migrantlarni roʻyxatdan oʻtishga majburlashi haqida Sputnik᾽ka oʻz fikrlarini bildirdi.

Natalya Vlasova Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida Rossiya migratsion qonunchiligidagi oʻzgarishlar haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Ekspert migrantlar mamlakatdan chiqarib yuborishlaridan qoʻrqishlari sababli koʻp hollarda migratsion roʻyxatdan oʻtishga harakat qilishadi va oʻzlarining Rossiyada boʻlishlarini qonuniylashtirishadi deb hisoblaydi.

Agar ilgari ish beruvchilar migrantlarni uning ishlash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻya olishgan boʻlsa, oʻtgan yilning iyul oyida qonunchilikka kiritilgan oʻzgarishlarga koʻra chet ellik fuqarolarni ish joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish taqiqlangan. Endilikda migratlar oʻzlari haqiqatdan ham yashab turgan joylarida roʻyxatdan oʻtishlari shart. Qonunga amal qilmagan migrantlar Rossiya hududidan chiqarib yuboriladi.

“Mazkur holat koʻpchilik migrantlarni migratsion roʻyxatdan oʻtishga undaydi”, - deya taʼkidladi ekspert.

Shuningdek, ekspert aksariyat migrantlar narxi qimmat boʻlgani sababi ishlash huquqi beruvchi patentni rasmiylashtirmasliklariga eʼtibor qaratdi. Roʻyxatdan oʻtgan migrantlar Rossiya hududida 180 kun boʻlish huquqiga ega boʻladi.

“Ular Rossiyaga kelib, roʻyxatdan oʻtishadi, lekin patent rasmiylashtirishmaydi. Soʻngra uch oy oʻtgach Rossiyada boʻlishni qonuniylashtirish maqsadida Qozogʻiston yoki Belarus chegarasini kesib oʻtishadi. Shunday qilib, yana uch oy Rossiyada boʻlish huquqini qoʻlga kiritishadi. Ular yilda davomida uch marta chegarani kesib oʻtishadi. Shuning uchun Rossiyada migrantlarni hisobga olish jarayoni qiyinlashadi”, - deydi u.

Asosiy mavzular