10:15 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
81450

Rossiya Davlat Dumasi Rossiya fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish toʻgʻrisidagi qonunni koʻrib chiqib, maʼqulladi.

TOSHKENT, 17 apr — Sputnik. Davlat Dumasi Rossiya fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish toʻgʻrisidagi qonunni muhokama qilib, maʼqulladi.

Unga koʻra, Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza beruvchi shaxs chet davlatning vakolatli organiga, uning boshqa fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilish talabi qonunchilikdan chiqarib tashlandi.

Shu bilan birga, fuqaroligi boʻlmagan voyaga yetmagan shaxslar uchun Rossiya Federatsiyasi hududida besh yil yashash va qonuniy manba mavjudligini tasdiqlash talabi  bekor qilindi, agar bunday shaxslar SSSR fuqaroligiga ega boʻlgan, SSSR tarkibiga kirgan davlatlarda yashagan va yashayotgan, shu davlatlar fuqaroligini olmagan boʻlsa.

Rossiya hududida yashayotgan, Rossiya fuqarosi bilan nikohda boʻlib, ular orasida farzandi bor boʻlgan chet el fuqarolariga, shuningdek, ota-onasining bittasi Rossiya fuqarosi boʻlgan chet el fuqarolariga nisbatan besh yillik yashash va daromad manbaini tasdiqlash talabi bekor qilindi.

Rossiyada yashash guvohnomasiga (VNJ) ega boʻlgan Moldova, Ukraina, Belarus va Qozogʻiston fuqarolariga Rossiya fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish huquqi taklif etiladi. Bu fuqarolarga Rossiyada besh yillik yashash talabi shart emas.

Asosiy mavzular