04:26 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
26410

Yangi qonun loyihasida xususiy bandlik agentliklariga xorijda ish qidirayotgan shaxslardan ishga joylashtirish uchun toʻlovlarni olish tartibi bekor qilinib, ushbu toʻlovlar chet ellik ish beruvchi hisobidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilmoqda

TOSHKENT, 19 may - Sputnik. Xususiy bandlik agentliklari faoliyatini nazorat qilishning samarali mexanizmlari yaratiladi, deb xabar qilmoqda Tashqi migratsiya agentligi axborot xizmati.

Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida xususiy bandlik agentliklari faoliyatini takomillashtirish va ularning mijozlar oldidagi mulkiy javobgarligini oshirishga qaratilgan “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi atroflicha muhokama qilindi.

Qonun loyihasini muhokama qilish jarayonida ayrim xususiy bandlik agentliklari tomonidan xorijda ish qidirayotgan shaxslarni aldash va ularning ishonchini suiisteʼmol qilish natijasida ularga juda koʻp miqdorda moddiy zarar yetkazilganligi qayd etildi.

Kelgusida bunday qonunbuzarlik holatlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ishlab chiqilgan ushbu Qonun loyihasida xususiy bandlik agentliklari faoliyatini nazorat qilishning samarali va shaffof mexanizmlari joriy etilayotganligi taʼkidlandi.

Jumladan, Qonun loyihasida xususiy bandlik agentliklariga xorijda ish qidirayotgan shaxslardan ishga joylashtirish uchun toʻlovlarni olish tartibi bekor qilinib, ushbu toʻlovlar chet ellik ish beruvchi hisobidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilmoqda.

Xususiy bandlik agentliklari tomonidan mijozlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilib borish, shu jumladan kelishuv shartlari bajarilayotganligi monitoringini amalga oshirish hamda ushbu jarayonlarda shaffoflikni taʼminlash maqsadida xususiy bandlik agentliklari va ish qidirayotgan shaxs oʻrtasida tuziladigan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarni “labor-migration” dasturiy majmuasida onlayn roʻyxatdan oʻtkazish tartibi joriy etilmoqda.

Shuningdek, loyihada fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun xususiy bandlik agentliklarining chet ellik ish beruvchi yoki chet ellik sheriklar bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomasi mavjud boʻlishi hamda unda ish bilan taʼminlash tartibi, mehnat shartlari va mehnatni muhofaza qilish, shu jumladan ish joylarida texnika xavfsizligini taʼminlash, mehnat va dam olish tartibi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi yuz berganda kompensatsiya va boshqa qoidalar belgilab qoʻyilgan boʻlishi lozimligi nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, oʻtgan davr mobaynida xususiy bandlik agentliklari tomonidan fuqarolarga yetkazilgan moddiy zarar miqdorining kattaligi va uni xususiy bandlik agentliklari zaxira qilib qoʻyadigan ellik ming AQSH dollari hisobidan qoplab boʻlmasligini hisobga olgan holda, loyihada ushbu mablagʻlar miqdorini toʻrt baravar oshirish taklif etilmoqda.

Shu bilan birga, Qonun loyihasida xizmatlar koʻrsatish jarayonida qonun hujjatlari talablariga qatiy rioya etilishini doimiy nazorat qilib borish uchuna litsenziyalovchi organga xususiy bandlik agentliklari faoliyatini (moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan) tekshirish vakolati berilmoqda.

Qonun loyihasini muhokama qilish natijalari boʻyicha uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Asosiy mavzular