06:20 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Migratsiya
Havola olish
71720

Hujjat, xususan, mavjud fuqarolikdan voz kechish talabini istisno qiladi va fuqarolikni olish uchun Rossiyada boʻlish vaqtini qisqartiradi

TOSHKENT, 24 iyul — Sputnik. Rossiyada chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning fuqarolik olishini soddalashtiruvchi federal qonun kuchga kirdi.

Hujjat, xususan, mavjud fuqarolikdan voz kechish talabini istisno qiladi va fuqarolikni olish uchun Rossiyada boʻlish vaqtini qisqartiradi.

Tegishli federal qonun prezident Vladimir Putin tomonidan 2020 yil aprel oyida imzolagan edi.

Ilgari, qonunchilikka muvofiq fuqarolik uchun murojaat etuvchi bir vaqtning oʻzida xorijiy davlatning vakolatli organiga  boshqa fuqarolikdan voz kechish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilishga majbur edi.

Yangi qonunga koʻra, fuqarolikni olish uchun murojaat qiladigan balogʻat yoshiga yetgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, SSSR fuqaroligiga ega boʻlgan, sobiq SSSR ga aʼzo-mamlakatlarda yashagan va yashab kelayotgan lekin ushbu davlatlar fuqaroligini olmagan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun Rossiyada uch yil yashashga va yashash manbai mavjudligini tasdiqlashga boʻlgan talabni istisno etadi.

Ushbu norma Rossiyada yashaydigan, Rossiya fuqarosi bilan nikohda boʻlgan, Rossiyada istiqomat qiladigan va bu nikohda farzandlari boʻlgan chet el fuqarolariga, shuningdek, ota-onasidan biri Rossiyada yashab, Rossiya fuqaroligiga ega boʻlgan chet elliklarga nisbatan ham qoʻllaniladi.

Bundan tashqari, Moldova, Ukraina, Belarus va Qozogʻiston fuqarolariga Rossiya fuqaroligini olishda ariza topshirish jarayoni soddalashtiriladi: ular amaldagi yashash ruxsatnomasi (vid na jitelstvo)ga ega boʻlgan taqdirda Rossiyada yashash muddatiga amal qilmasdan ushbu arizani topshirishlari mumkin.

Shuningdek, Rossiya OTMlarini tugatgan shaxslar uchun Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini amalga oshirish muddati 3 yildan 1 yilgacha qisqartiriladi.

Asosiy mavzular