21:02 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Migratsiya
Havola olish
1407 0 0

Rossiya hukumati chet elliklarga qarindoshlarini roʻyxatdan oʻtkazishga ruxsat beradi, bu esa oilalarni birlashishiga yordam beradi va, ehtimol, katta shaharlarda arzon turar joylarga boʻlgan talabni oshiradi.

TOSHKENT, 28 avg - Sputnik. 2020 yil sentyabr oyidan boshlab Rossiyada birdaniga bir nechta qonunlar kuchga kiradi va ular orasida chet elda ishlayotgan va respublikada yashayotgan yuz minglab Tojikiston fuqarolariga bevosita taʼsir koʻrsatadigan juda muhim qonun bor, deb yozmoqda Sputnik Tojikiston.

7 sentyabrdan boshlab Rossiyada turar joy koʻchmas mulkiga ega boʻlgan chet el fuqarolari oʻz uylarida boshqa chet el fuqarolarini roʻyxatdan oʻtkazishlari mumkin boʻladi. Yaʼni Rossiya qonunchiligida belgilangan "qabul qiluvchi tomon" boʻlishlari mumkin.

RF Davlat dumasida ushbu qonun, avvalambor, qarindoshlari chet elda yashaydigan vatandoshlar va rossiyaliklarning oilalariga qaratilganligini alohida taʼkidlashmoqda.

Sputnik Tojikiston ushbu yangilik migrantlar hayotiga qanday taʼsir koʻrsatishi mumkinligini rossiyalik mutaxassislardan bilishga qaror qildi.

Demografiya, migratsiya va mintaqaviy rivojlanish instituti Kuzatuv kengashi raisi Yuriy Krupnovning soʻzlariga koʻra, gap uning taʼsiri doirasida Rossiyada uy-joylarni sotib olish uchun yetarlicha badavlat odamlar tushishi mumkin boʻlgan qonunning siyosiy emas balki moliyaviy tarkibiy qismi haqida ketmoqda.

"Ushbu qarorning koʻrinishidan vatandoshlar boʻyicha masalasini nafaqat umumiy koʻrinishda talqin qilish mumkin, chunki bu tushunchani juda keng talqin qilsa boʻladi. U umuman RFda koʻchmas mulkka sarmoya kiritgan va shu tariqa boshqa chet elliklarga nisbatan qabul qiluvchi tomon huquqini qoʻlga kiritganlarga tegishli", - deya taʼkidlaydi Krupnov.

Uning fikriga koʻra, migratsiya siyosatining pul qismini ilgari suruvchi sentyabr oyi yangiligi isteʼmol talabini yaratadigan va shu bilan bilvosita iqtisodiy oʻsishga hissa qoʻshadigan odamlar uchun moddiy ragʻbatdir.

"Biz bilamizki, investorlar uchun jiddiy imtiyozlar mavjud. Investitsiyalarni olib kirsangiz - siz fuqarolikni tezroq olasiz va qoʻshimcha imtiyozlarga ega boʻlasiz. Va bu yerda ham iqtisodiy qonun amal qiladi. Yaʼni siz koʻchmas mulk sotib oldingiz, qaysidir maʼnoda RFga sarmoya kiritdingiz va buning evaziga siz qoʻshimcha huquqlarga ega boʻlasiz", - taʼkidlaydi mutaxassis.

Biroq, ushbu qonun nafaqat iqtisodiy oʻsishni va xususan, qurilish sohasini migrantlar mablagʻlari hisobiga ragʻbatlantirishga, balki oʻnlab yillar davomida butun oilalarning hayotini murakkablashtirgan arxaik va ochiqdan-ochiq zararli huquqiy nomuvofiqlikni bartaraf etishga qaratilgan, deydi Rossiya Federal Migratsion Xizmati rahbari sobiq oʻrinbosari Vyacheslav Postavnin.

"Qanday boʻlmasin, bu yaxshi tashabbus, ayniqsa, vatandoshlar uchun. Bu mutlaqo ahmoqona va bemaʼni meʼyyor edi. Inson kelib, bu yerda uy sotib oladi-da, oʻz qarindoshlarini roʻyxatdan oʻtkaza olmaydi, chunki ular chet elliklar", - deb tushuntirdi u Sputnik Tojikistonga.

Misol tariqasida, Postavnin halqaro, aniqrogʻi, ingliz tajribasini keltiradi, unda Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlganidan soʻng, Sharqiy Yevropaning uncha rivojlanmagan mamlakatlaridan minglab odamlar daromad va yaxshi hayot izlab Angliyaga koʻchib oʻtgan.

Unda Polsha diasporasi aʼzolari nisbatan arzon koʻchmas mulklarni sotib olganlar, koʻpincha shahar atrofidagi ekonom-klassdagi uylarni, va u yerda Polshalik qarindoshlarini roʻyhatdan oʻtkazgan. Garchi bitta uyda koʻp odam yashagan boʻlsa-da, ular muntazam ravishda qonunchilikka rioya qilishgan va haqiqatan ham roʻyhatdan oʻtish joylarida yashashgan.

"Bunda hech qanday muammo koʻrmayapman. Misol uchun, bizda "rezina kvartiralar" yanada koʻpayadi, yuz kishi tiqilib oladi deyishi odat boʻlib qolgan. Ammo bunday hol endi boʻlmaydi, chunki koʻchmas mulkni ijaraga emas, balki oʻzi yashashi uchun sotib olayotgan odam, bitta uyda koʻpchilik bilan yashab ularning kommunal toʻlovlari uchun toʻlashni hoxlamaydi. Bu shunchaki foydasiz", - dedi Postavnin.

Endi bitta savol qolmoqda - qancha chet elliklar ushbu tashabbusdan foydalana oladi? Bunga hech kim taxminan ham javob bera olmaydi, chunki Rossiyada koʻchmas mulk sotib olgan chet el fuqarolari sonining qandaydir ishonchli statistikasiga na rasmiy idoralar, na quruvchilar va na rieltorlar ega emas.

Ammo anigʻi shuki, MDHning Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Tojikiston vatandosh maqomini olishga murojaat qilganlar soni boʻyicha yetakchi oʻrinni egallaydi. Umuman olganda, Rossiya statistikasi maʼlumotlariga koʻra, 2019 yil oxiriga kelib RFda 1,2 million tojikistonlik fuqarolar yashab kelgan.

Va yangi qonun, shubhasiz, ularning Rossiyaga kelishiga va butun oila boʻlib koʻchmas mulk sotib olishiga hissa qoʻshadi, chunki uy-joy quruvchilarining reklamasida aytilganidek - uy-joyni sotib olish endi haqiqatan ham osonlashdi. Va eng muhimi – zarurroq boʻldi.

Asosiy mavzular