03:31 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Migratsiya
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1169)
210 0 0

Toʻqqiz yuz nafardan ziyod Oʻzbekiston fuqarolari Samara viloyatidan vataniga poyezdda joʻnab ketdi. U yerda yana bir necha yuzlab fuqarolar qolmoqda.

TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Yopiq chegaralar tufayli oʻz uylariga qayta olmagan 900 nafardan ziyod Oʻzbekiston fuqarolari Samara viloyatidan vataniga poyezdda joʻnab ketdi. Bu haqda RIA Novosti mintaqa hukumati matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Vataniga ketishni rejalashtirgan Oʻzbekiston fuqarolari 15 avgustdan Kinelga kela boshlagan. Avvaliga ular temir yoʻl vokzalidagi platformada joylashgan, 21 avgust kuni esa mintaqa hukumati ular uchun chodirli lager tashkillashtirgan. Vaqtinchalik joylashtirish punkti boshligʻi Gleb Melnikovning soʻzlariga koʻra, 28 avgust holatiga koʻra Kinelda ikki mingga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan, chodirli lager faqat 700 kishiga moʻljallangani bois qolganlari vaqtinchalik joylashtirish punkti atrofida joylashgan. Shu bilan birga, ularning barchasi oziq-ovqat bilan taʼminlanmoqda.

“922 kishini olib ketishdi. Chegaralar yopiq. Oʻzbekiston fuqarolaridan yashash joylarida qolishlarini soʻrashmoqda”, - degan agentlik suhbatdoshi.

Taʼkidlanishicha, u yerda yana Oʻzbekiston fuqarolari qolmoqda.

Toshkent muntazam ravishda fuqarolardan rus-qozoq chegarasida toʻplanmaslik va charter reyslarni Rossiyada yashab turgan joyida kutib turishni soʻramoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1169)

Asosiy mavzular