18:39 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Migratsiya
Havola olish
Migratsiya (81)
286 0 0

Tver viloyatidagi mehnat migrantlari 2021-yildan boshlab patent uchun oylik toʻlovni 5,3 ming rubl emas, balki 5,8 ming rubl toʻlaydilar

TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. Tver viloyati hukumati 2021 yildan migrantlarga patent narxi koʻtariladi, deb xabar bermoqda viloyat hukumati.

Patent uchun oylik toʻlov shu vaqtgacha 5327 rubl boʻlgan boʻlsa, endilikda migrantlar 5805 rubl toʻlashlariga toʻgʻri keladi.

Gubernator Igor Rudeni boshchiligidagi Tver viloyati hukumati prezidiumi majlisida qabul qilingan qarorga koʻra, bu choradan koʻzlangan maqsad mahalliy aholi bandligi darajasini oshirishdir.

"Tver viloyati hukumati oldida muhim vazifa turibdi - ishchi kuchi oʻrnini bosishni sinxronlashtirish: mehnat migrantlari boʻshatadigan ish joylarini Yuqori Volga aholisiga berish va shu bilan mintaqadagi aholi oʻrtasida mavjud ishsizlik muammosini kamaytirish kerak", - deya iqtibos keltiradi gubernator soʻzlaridan uning matbuot xizmati.

Eslatib oʻtamiz, 2015-yilda Tver viloyatida chet ellik fuqarolar uchun patent narxi 3 ming rublga yaqin edi.

Mintaqa hokimiyati qaroriga koʻra, patent narxi sekin-asta oshirilib borgan, bundan tashqari tashqi ish kuchiga nisbatan 33ta iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha cheklovlar kiritilgan.

Koʻrilgan choralar tufayli mintaqada 9 mingta ish oʻrni muhojirlar tomonidan boʻshatilgan.

Taʼkidlash joizki, Tver viloyati Rossiyaning ishsizlik darajasi eng past boʻlgan subʼyektlaridan (85ta ichida 11-oʻrin) biridir.

Mavzu:
Migratsiya (81)

Asosiy mavzular