10:25 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Migratsiya
Havola olish
865 0 0

Oʻzbekiston delegatsiyasi fuqarolarni tashkillashtirilgan holda Rossiyaga ishga jalb qilish masalalarini muhokama qilish va qator kelishuvlarga erishishi maqsadida ushbu mamlakatda boʻlib turibdi.

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyaga tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish masalalari muhokama etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qilmoqda.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan oʻzbekistonliklarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, pandemiya vaqtida epidemiologik vaziyatga rioya qilgan holda Oʻzbekistondan fuqarolarni tashkillashtirilgan holda Rossiyaga ishga jalb qilish masalalarini muhokama qilish va qator kelishuvlarga erishishi maqsadida ushbu mamlakatda boʻlib turibdi.

Delegatsiya Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbariyatidan iborat.

Tashrif doirasida Rossiya SSVda tashkil etilgan uchrashuvda patent olishda talab etiladigan OITS tahlili, sifilis, flyuorografiya, qon tahlili, psixotrop moddalar tahlili kabi yoʻnalishlar boʻyicha tibbiy maʼlumotnomani Oʻzbekistonda olishni joriy etish yuzasidan vakolatli markazlar ochishning tashkiliy masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasining “Yurinvestxolding” kompaniyasi rahbariyati bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida Rossiya hududidagi oʻzbekistonlik mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Rossiyaning 7 ta hududida Oʻzbekiston fuqarolari uchun kasbiy malaka va rus tilini oʻqitish dasturini rivojlantirish hamda 2021 yilda ushbu kurslarga jalb etiladigan fuqarolar qamrovini kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, migrantlar, Oʻzbekiston, Rossiya

Asosiy mavzular