10:18 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Migratsiya
Havola olish
521 0 0

Elchixonaning tezkor chora-tadbirlari natijasida, 180 kishi "Azur Air" aviakompaniyasining navbatdan tashqari reysi bilan Oʻzbekistonga qaytarilgan.

TOSHKENT, 9 yanv - Sputnik. Reys bekor boʻlgani sababli Rossiyaning "Vnukovo" aeroportida qolib ketgan Oʻzbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda TIV matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, 7-8 yanvar kunlari Rossiyaning "Royal Flight" aviakompaniyasiga qarashli Moskva-Samarqand yoʻnalishidagi reys bekor boʻlgan. Shu sababli Moskva shahrining "Vnukovo" xalqaro aeroportida Oʻzbekiston fuqarolari toʻplangan.

Xayriya tashkilotlari koʻmagida "Vnukovo" aeroportidagi vatandoshlar issiq ovqat va gigiyena vositalari bilan taʼminlandi, deyiladi xabarda.

Elchixonaning tezkor chora-tadbirlari natijasida, bekor boʻlan reysning barcha yoʻlovchilari (180 kishi) "Azur Air" aviakompaniyasining navbatdan tashqari reysi bilan 2021 yil 9 yanvar kuni soat 00:05 da Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarilgan.

Asosiy mavzular