02:18 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Migratsiya
Havola olish
Migratsiya (88)
156670

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisidagi qonunga asosan, chet elga chiqib ketgan Oʻzbekiston fuqarosi mamlakatga fuqarolikdan chiqmagan holda Rossiya yoki boshqa davlat pasporti bilan kirib kelsa, u Oʻzbekiston fuqarosi sifatida tan olinadi

TOSHKENT, 12 yanv - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Dilshodbek Murodbekov Oʻzbekistondan chet davlatga vaqtinchalik yoki doimiy yashashga chiqib ketgan va Oʻzbekiston pasportidan voz kechmagan holda chet davlat pasportini olgan fuqarolar borasida izoh berdi.

Murodbekov ushbu holatga toʻxtalar ekan, Oʻzbekiston fuqarolari ichida chet elga vaqtincha yoki doimiy yashashga ketganlar juda koʻpligini taʼkidlab, ular orasida chet davlat fuqaroligini qabul qilganlar ham bor, deya qoʻshimcha qildi.

Aniqlik kiritilishicha, bunday fuqarolar nafaqat Rossiya Federatsiyasi, balki Qozogʻiston, Isroil, Germaniya singari davlatlarda ham koʻp.

IIV vakili statistik maʼlumotlarni keltirmadi. Ammo Oʻzbekistonda bitta fuqarolik tan olinishini qayd etdi.

"Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisidagi qonunga asosan chet elga chiqib ketgan Oʻzbekiston fuqarosi mamlakatga fuqarolikdan chiqmagan holda Rossiya pasporti bilan kirib kelsa yoki boshqa chet el pasporti bilan kirib kelsa u Oʻzbekiston fuqarosi sifatida tan olinadi. Yaʼni roʻyxatga olishda ham xorijga ketgan fuqaroning pasporti amal qilish muddati tugagan yoki yoʻqolgan boʻlsa unga yangi Oʻzbekiston fuqarosi pasporti, hozirgi kunda esa ID-karta rasmiylashtirib beriladi. Fuqaro xohishiga koʻra xorijga chiqish pasporti ham rasmiylashtiriladi", - deya tushuntirdi Murodbekov.

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosarining aytishicha, bu yerda hech qanaqa qonunbuzarlik yoki bir salbiy holat yoʻq.

"Agar Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqqan boʻlsa u vaqtincha roʻyxatga olinib, kelgusida doimiy yashashga ruxsatnoma ham berilishi mumkin", - dedi u.

Mavzu:
Migratsiya (88)
Teglar:
Oʻzbekiston fuqaroligi, Oʻzbekiston fuqarosi, Rossiya fuqaroligi, chet el fuqarolari, fuqarolik, fuqaro, noqonuniy migratsiya, migrantlar, Rossiya pasporti, pasport

Asosiy mavzular