06:35 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Migratsiya
Havola olish
414 0 0

"Uy yoningda" migrantlarga yordam cherkov jamgʻarmasi RF poytaxtida chet elliklar farzandlari uchun bepul bolalar bogʻchasini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

TOSHKENT, 6 fev — Sputnik. Moskvada chet el fuqarolari farzandlari uchun bepul bolalar bogʻchasi ochiladi, deyiladi Moskva patriarxati saytida.

Bolalar bogʻchasi migrantlarga yordam uchun tashkil etilgan "Uy yoningda" fondi tomonidan tashkil etiladi. Bundan tashqari, Moskvada mehnat qilayotgan chet elliklarga muntazam ravishda buyumlar va dori-darmonlar yetkazib berish rejalashtirilmoqda, deb hikoya qiladi fond tashkilotchisi ruhoniy Dionisiy Grishkov. Shuningdek muntazam ravishda oziq-ovqat mahsulotlari ham berib boriladi.

Bundan tashqari, fond ogʻir hayotiy sharoitlarga tushib qolgan insonlarga boshpana bilan yordam berish niyatida.

"Uy yoningda" fondi migrantlar bilan koʻp yillardan beri ishlab keladi. Ilk loyiha - 2018 yilda paydo boʻlgan - oʻshanda Moskvada chet elliklar farzandlari uchun bepul rus tili maktabi ochilgan edi.

Grishkov soʻzlariga koʻra, bir nechta bepul taʼlim guruhlari tashkil etilgan boʻlib, ular bolalarga rus tili maktabiga kirishga tayyorlanishga yordam berib borgan.

"Bora-bora bu faoliyat rivojlanib bordi, guruhlar va bolalar soni koʻpaydi", - dedi u.

Avvaliga mashgʻulotlar haftasiga bir marta boʻlib oʻtgan, faqat yakshanba kunlari, soʻngra ular soni haftasiga uch martagacha koʻpaytirilgan, yoʻnalishlar soni oltitaga yetgan.

"Biz bolalarni oʻqitish boʻyicha tizimli ishni yoʻlga qoʻydik. Umuman olganda bu bepul repetitorlik saboqlari deyish mumkin", - deydi ruhoniy.

2019 yilda migrantlarga yordam boʻyicha ikkinchi loyiha ishga tushirilgan — tibbiyot kabineti. Kabinetda umumiy mutaxassislik shifokori qabul oʻtkazgan va u shahar kasalxonasiga yoʻllanma bergan. Kasalxonada fond mablagʻlari hisobiga u yoki bu tibbiyot xizmatlaridan foydalanish mumkin boʻlgan.

2020 yilda ushbu loyiha millatlar masalalari boʻyicha federal agentlik koʻmagi bilan mustahkamlandi. "Uy yoningda" fondi "migrantlar uchun zarur boʻlgan bir nechta qimmatbaho yuqori texnologiyali operatsiyalar"ni toʻlab bergan va rejali operatsiyalarni muntazam - oyiga uch-toʻrt marta amalga oshirish imkoniyati paydo boʻlgan.

Asosiy mavzular