Mirziyoyevning O‘zbekiston kelajagiga bag‘ishlangan kitobi targ‘iboti o‘tkazilmoqda

© Podrobno.UZShavkat Mirziyoyevning ilk kitobi
Shavkat Mirziyoyevning ilk kitobi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyatidagi ta’lim muassasalari, mahallalarda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" nomli kitobini o‘rganishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning kitobini o‘rganishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotgani haqida "Jahon" axborot agentligi xabar berdi.

Shavkat MIrziyoyev kitobi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning prezidentlikdagi ilk kitobi nashr etildi
"Samarqand viloyatidagi ta’lim muassasalari, mahallalarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" nomli kitobini o‘rganishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda", — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus, Xalq ta’limi vazirliklari, Yozuvchilar uyushmasi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilayotgan tadbirlarda kitobda ilgari surilgan g‘oyalar, davlat va jamiyat hayotini yangilash bilan bog‘liq vazifalar haqida hayotiy misollar asosida so‘z yuritilmoqda.

Narpay tumanidagi Oqtosh tadbirkorlik va servis kasb-hunar kollejida tashkil etilgan uchrashuvda hududdagi mahallalar vakillari, o‘qituvchi va o‘quvchilar qatnashdi.

Taniqli adiblar, madaniyat va san’at namoyandalari, professor-o‘qituvchilardan iborat targ‘ibot guruhi a’zolari O‘zbekistonda inson manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, shahar va qishloqlarimizdagi bunyodkorlik jarayonlari, yoshlar, xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Bu borada prezident kitobida belgilab berilgan ustuvor vazifalar yuzasidan mulohazalar bildirildi.

Seni yaxshi ko‘ramiz, O‘zbekiston! kitobi taqdimoti - Sputnik O‘zbekiston
"Seni yaxshi ko‘ramiz, O‘zbekiston!" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
"Prezidentimizning viloyatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayoni bilan tanishuvi chog‘ida xalq bilan muloqot qilish, aholini tadbirkorlikka o‘rgatish va shu orqali turmush farovonligini oshirish, ularning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda, — deydi shoira Zulfiya Mo‘minova. — Har bir hududni rivojlantirish bo‘yicha bir necha yillik dasturlar tuzilmoqda. Bularning barchasi Prezidentimiz kitobida bayon etilgan vazifa va maqsadlarning hayotga izchil tatbiq etilayotganidan dalolatdir. Davlatimiz rahbarining odamlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash insoniylikning bosh mezonidir, degan so‘zlari bugun barcha rahbarlarning shioriga aylangan".

Uchrashuvda mahalla oqsoqollari, ziyolilar so‘zga chiqib, aholining tadbirkorlik tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi natijasida bugun qishloqlarda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda parrandachilik, chorvachilik izchil yo‘lga qo‘yilayotgani, odamlar o‘z tomorqasidan unumli foydalanib, daromad qilayotganini ta’kidladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0