22:51 13 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Jazirama

FVV jaziramadan saqlanish boʻyicha tavsiyalar berdi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev
Yangiliklar
Havola olish
76730

Jazirama xavfi shundan iboratki, inson tana harorati 37.1 oS dan koʻtarilishi, yoki tana haroratining 38.8 oS ga koʻtarilib inson salomatligiga salbiy taʼsir etishi mumkin. Inson tana haroratining koʻtarilishi tananing qizarishiga va kuchli chanqoqga olib keladi. Keyinchalik, xushdan ketish, nafas qisishi va yurak toʻxtashiga olib kelishi mumkin

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati jazirama issiq kunlardan saqlanish boʻyicha tavsiyalarni keltirib oʻtdi.

Jazirama — bir necha kunda oʻrtacha havo haroratining 10 va undan yuqori gradusga koʻtarilishini anglatadi.

Xavfi shundan iboratki, inson tana harorati 37.1 oS dan koʻtarilishi, yoki tana haroratining 38.8 oS ga koʻtarilib inson salomatligiga salbiy taʼsir etishi mumkin. Inson tana haroratining koʻtarilishi tananing qizarishiga va kuchli chanqoqga olib keladi. Keyinchalik, xushdan ketish, nafas qisishi va yurak toʻxtashiga olib kelishi mumkin.

Jazirama issiqga tayyorgarlik choralari

Suv zaxirasini yaratish uchun qoʻshimcha idishlarga suv toʻldirib qoʻying. Issiq kunga moʻljallangan kiyimlarni, elektr maishiy uskunalarni (ventilyator, konditsioner) tayyorlab qoʻying. Agar siz qishloq joylarda istiqomat qilsangiz, soyabon, shiyponlar, quduqlarlardan, shuningdek derazalar uchun qalin pardalardan foydalaning. Ichimlik suvidan unumli foydalaning.

Jazirama issiq haroratdan taʼsiridan saqlaning. Och rangdagi, havo oʻtkazuvchi (iloji boʻlsa paxta xomashyosidan) kiyim va bosh kiyimlardan foydalaning.

Yodda tutinki, kuygan tana qismi sovimaydi va terlamaydi. Shoshmasdan harakatlaning, iloji boricha soya joylarda boʻlishga harakat qiling. Pivo va boshqa alkogol mahsulotlarni isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi, bu organizmning umumiy holatiga salbiy taʼsir etishi mumkin. Issiq kunda shifokorlar bilan maslaxatlashgan holda, qoʻshimcha tuzli maxsulotlar va meva, sabzavotlardan isteʼmol qiling.

Jazirama issiq natijasida oftob urganda zudlik bilan soya joylarda saqlaning, zudlik bilan dush qabul qiling yoki shamol bor joyga oʻting va asta-sekinlik bilan koʻproq suv isteʼmol qiling. Oftob urushidan saqlanish maqsadida iloji boricha badaningizni sovutishga harakat qiling.

Jazirama issiq kunda yongʻin xavfi kelib chiqishi mumkinligini yodda tuting.

Issiq kunda nima qilish kerak

Koʻproq suv ichish. Toʻgʻri suv ichish tartibi organizm faoliyatini yaxshi ishlashi va suv-tuz balansini meʼyorlashtirishiga qulay sharoitlar tugʻdiradi. Issiq kunda suv isteʼmol xajmini koʻpaytirish kerak. Bunda organizmning suv tanqisligini toʻldirish uchun gazlangan yoki nektar suv emas, aksincha oddiy ichimlik suvini isteʼmol qilish kerak. Surunkali kasalligi mavjud boʻlsa, shifokor tavsiyasiga rioya qilish kerak.

Eng issiq paytda — 12-00 dan 16-00 gacha koʻchaga chiqmaslik va ayniqsa quyosh tagida yurmaslikga xarakat qiling. Kuningizni shunday rejalashtirin-ki, bu vaqtda yoki ishda, yoki uyda boʻling.

Koʻproq dush qabul qiling. Muntazam ravishda tozalanish badanga effektiv nafas olishga yordam beradi. Suv xona xaroratiday boʻlishi kerak. Muzdak suv bilan yuvinish esa, tana xarorati keskin oʻzgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga olib keladi.

Albatta, ochiq suv xavzalarda choʻmilish mumkin, ammo choʻmilish taʼqiqlangan xavzalarda choʻmilish qatʼiyan man etiladi.

Ertalab va kechqurun koʻproq xarakat qiling. Bunday issiq kunda kamxarakatlik gipertoniya, yurak-tomir kasalliklari va tromboz rivojlanishiga olib keladi.

Oziqlanish ratsionini oʻzgartiring. Issiq kunda koʻproq sovuq taomlar isteʼmol qiling. Yogʻliq sut va goʻsht maxsulotlar isteʼmol qilmang, ammo baliq va sabzavotlar maxsulotlaridan voz kechmang. Sutli maxsulotlar xaqida aloxida toʻxtalib oʻtish lozim-ki — rastalarda quyosh nuri tushib turgan hamda isteʼmolga yaroqlik muddati oʻtib ketgan maxsulotlarni sotib olmaslik kerak.

Albatta taomlarni tuz bilan tannovul qiling chunki yuqori xaroratda, tananing terlashi natijasida koʻp miqdorda natriy moddasi yoʻqotiladi.

Sintetik matodan tayyorlangan kiyimlar kiymaslikga xarakat qiling.

Kepka, shlyapa yoki panamalar kiyishdan uyalmang. Chunki oftob oʻrishi asosan bosh qiziganda sodir boʻladi.

Bunday issiq kunda, konditsionersiz iloji yoʻq. Ammo kuni boʻyi konditsioneri bor boʻlgan xonada boʻlsangiz ham, shunday joylashing-ki undan chiqayotgan sovuq xavo toʻgʻridan-toʻgʻri sizga taʼsir qilmasin.

Asosiy mavzular