YuNISEF O‘zbekiston hududlarida maxsus xonalarni tashkil etish taklifini bildirdi

© Press-slujba ministerstva narodnogo obrazovaniya RUzDeti v detskom sadu
Deti v detskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ishchan muhitda o‘tgan muloqot davomida tergovchilarni voyaga yetmaganlar bilan ishlashga o‘rgatish va maxsus tayyorlash, shuningdek kelgusida mamlakat hududlarida shu kabi xonalarni tashkil etish taklif etildi

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. YuNISEFning Mintaqaviy maslahatchisi Aaron Grinberg boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga tashrif buyurdi, muloqot davomida bolalar huquqlarini himoyalash bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi, deb xabar qildi IIV matbuot-xizmati.

O‘zbekistonda 3-4 yoshdagi bolalarning 46 foizi o‘z otasi bilan o‘ynash imkoniga egamas - YuNISEF
YuNISEF O‘zbekistonda 1994-yildan buyon faoliyat yuritadi. O‘zining rasmiy vakolatiga muvofiq ushbu tashkilot O‘zbekiston bolalarining ehtiyojlarini ta’minlash va huquqlarini himoya qilish, shuningdek ularning salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lida sa’y-harakat ko‘rsatadi. Hamkorlik dasturlarini izchil amalga oshirish orqali YuNISEF O‘zbekiston bolalari va ularning oilalari huquqlarini hamda farovon hayotini ta’minlash yo‘lida faoliyat ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentida stenografiya, videokuzatuv, shuningdek audio va video qayd etish tizimi bilan jihozlangan so‘roq o‘tkazish uchun maxsus majmuaning tashkil etilgani bolalar huquqlarini himoya qilish masalalarida jiddiy qadam bo‘ldi, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu majmua uchta maxsus xonadan tarkib topgan.

Bola - Sputnik O‘zbekiston
Meni o‘ldirgan onamga maktub: hali nafratlanishni o‘rganmagandim
Ulardan biri bolalar xonasi kabi jihozlangan. Bu xonada jinoyatdan jabrlangan uning yoki guvohiga aylangan bola so‘roq qilinadi. Ushbu loyiha YuNISEFning O‘zbekistondagi mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentida amalga oshirilgan.

Zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki jinoyat guvohi bo‘lgan bola huquqlarini dastlabki tergov jarayonida himoya qilish loyiha hamkorlarining asosiy maqsadi edi. Bolalar xonasi ko‘rinishida o‘yinchoqlar, kitoblar, yorqin suratlar bilan jihozlangan maxsus so‘roq o‘tkazish xonasining interyeri voyaga yetmaganlarning tergov jarayonida vahima, qo‘rquv, sarosimaga tushmasligi, o‘zini xotirjam his qilishiga yordam beradi. Bola ilgari boshidan kechirgan dahshatni, qo‘rquvni yana bir bor his etmaydi, bu esa juda muhim.

Ta’kidlanishicha, Grinberg suhbat chog‘ida mazkur yangilik xalqaro standartlarga to‘la mos kelishi, bola ruhiyati va salomatligini himoyalashni ishonchli kafolatlashiga ishonch bildirgan.

Ishchan muhitda o‘tgan muloqot davomida bolalar huquqlarini himoyalash bilan bog‘liq boshqa masalalar ham muhokama qilindi. YuNISEF bilan hamkorlik doirasida tergovchilarni voyaga yetmaganlar bilan ishlashga o‘rgatish va maxsus tayyorlash, shuningdek kelgusida mamlakat hududlarida shu kabi xonalarni tashkil etish taklif etildi.

Yangiliklar lentasi
0