21:17 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
211631

Oʻttiz toʻrt yashar bemorga dunyodagi eng "zahar" qalampir hisoblangan "Karolinalik oʻroqchi"ni yeb koʻrish taklif etildi

TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. Tibbiyotchilar dunyodagi eng achchiq "Karolinalik oʻroqchi" qalampiri inson organizmiga qanday taʼsir koʻrsatishini oʻrgandilar. Ular oʻz kuzatuvlarini BMJ Case Reports jurnalida eʼlon qilgan.

Buning uchun ular 34 yashar bemorga qalampirni yeb koʻrishni taklif qilishgan. Natijada bemorning boshi va boʻyni keskin ogʻriy boshlagan va bu holat bir necha kun davom etgan. Shu bilan birga unda talaffuz buzilishi, koʻrish qobiliyati susayishi yoki madorsizlik singari belgilar kuzatilmagan.

Kompyuter tomografiyasi miyada bir necha arteriyalar qisqarganini aniqlagan. Shifokorlar erkak miyada qon aylanishi buzilishi dardidan aziyat chekayotganini aniqlaganlar. Bunday vaqtda oʻtkir bosh ogʻrigʻi kuzatiladi.

Oradan besh hafta oʻtib hammasi normaga tushgan: ogʻriqlar bemorni tark etgan, arteriyalar ham avvalgi holatiga qaytgan.

"Karolinalik oʻroqchi" — dunyodagi eng achchiq qalampir sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan chili navidir. Har yili butun dunyo boʻyicha odamlar qalampirni eng tez yeyish boʻyicha rekordni yangilashga urinadilar. Ayni vaqtda rekord Ueyn Aldjenioga tegishli, u 2016 yilda 119 gramm qalampirni bir daqiqa ichida yegan.

Teglar:
rekord, qalampir, chili

Asosiy mavzular