01:46 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
9 may - Gʻalaba bayrami, Xotira va qadrlash kuni (31)
189960

Bu yil Oʻzbekistonda 9 may bayrami oʻzgacha ruhda nishonlandi. Prezident avvaliga Botanika bogʻida vujudga keltirilgan "urush yillari" muhitini koʻzdan kechirgan boʻlsa, soʻngra butun Oʻzbekiston xalqiga tabrik nutqini oʻqib eshittirdi va kutilmaganda tadbirga kelgan veteranlarning har birini bagʻriga bosib shaxsan qutladi. Bunaqasi hali boʻlmagan...

TOSHKENT, 9 may — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Ikkinchi jahon urushi yillarida yuzlab oʻzbek oilalari evakuatsiya qilingan yetim bolalarni oʻz tarbiyasiga oldi. Ana shunday buyuk insonparvarlik yuksak maʼnaviy jasorat namunasi sifatida butun dunyoda eʼtirof etildi, deb taʼkidladi 9 may kuni Toshkentdagi Botanika bogʻida soʻzlagan nutqida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

"Oʻsha suronli yillar haqida gapirganda, xalqimizning olijanob gumanistik fazilatlari toʻgʻrisida har qancha faxrlanib, gʻururlanib soʻz yuritsak, arziydi, albatta. Oʻzbekiston urush tufayli uy-joyi, ota-onasi va qarindoshlaridan ajralgan, front hududlaridan koʻchirib keltirilgan qariyb 1 million kishini oʻz yaqinlaridek kutib oldi. Ularning 200 ming nafari bolalar edi. Yuzlab oʻzbek oilalari evakuatsiya qilingan yetim bolalarni oʻz tarbiyasiga oldi. Oxirgi burda nonini ham ular bilan baham koʻrdi. Va ana shunday buyuk insonparvarlik yuksak maʼnaviy jasorat namunasi sifatida butun dunyoda eʼtirof etildi", — deb taʼkidladi Oʻzbekiston rahbari.

Oʻzbekistonda 9 may bayrami bu yil oʻzgacha ruhda nishonlandi. Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 73 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri Toshkent shahridagi Botanika bogʻida boʻlib oʻtdi.

Voyennaya texnika na meropriyatiye organizovannom v chest 73 letiya Pobedы vo Vtoroy mirovoy voyne, Tashkent
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Voyennaya texnika na meropriyatiye organizovannom v chest 73 letiya Pobedы vo Vtoroy mirovoy voyne, Tashkent

Bayramda Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridan urush va mehnat faxriylari, Hukumat rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy diplomatik korpus vakillari ishtirok etishdi.

Botanika bogʻiga qadam qoʻyishingiz bilan oʻzingizni goʻyoki Ikkinchi jahon urushi davridagi jang maydoniga tushib qolgandek his etasiz. Kiraverishda Ikkinchi jahon urushi yillaridagi harbiy texnikalar terilgan boʻlsa, sal narida qoʻmondonlik shtabi, okoplar, tibbiyot punkti va dala oshxonasi ishlab turibdi…

Soldatы na privale, prazdnovaniye 9 maya. Botanicheskiy sad, Tashkent
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Soldatы na privale, prazdnovaniye 9 maya. Botanicheskiy sad, Tashkent

Shuningdek, "jang maydonlarida" Ikkinchi jahon urushida qatnashgan veteranlar va oʻzbekistonlik fuqarolarning front orti mehnat faoliyati ham aks ettirilgan.

Bayram tadbiriga taklif etilgan veteran va mehnat faxriylari oʻzgacha hurmat bilan kutib olindi. Bogʻga kiraverishda orkestr tomonidan urush yillarida askarlarga ruh bagʻishlagan kuy-qoʻshiqlar ijro etildi va tadbirga kelgan har bir veteran "Bayramingiz bilan! Gʻalaba uchun rahmat! Biz sizlar bilan faxrlanamiz!", — degan jarangdor tabriklar bilan qarshi olindi.

Uzbekistan prazdnuyet 9 maya
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Uzbekistan prazdnuyet 9 maya

Bundan ruhlanib ketgan veteranlar hatto oʻzlari oʻtirgan aravachalardan turib, berilib raqs ijro etdilar. 

Veteran na meropriyatii posvyaщennom 9 maya, Tashkent, Uzbekistan
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Veteran na meropriyatii posvyaщennom 9 maya, Tashkent, Uzbekistan

Bayram tadbiriga tashrif buyurgan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev avvaliga Botanika bogʻida vujudga keltirilgan "urush yillari" muhitini koʻzdan kechirdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na meropriyatii posvyaщennom 9 maya, Tashkent, Botanicheskiy sad
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na meropriyatii posvyaщennom 9 maya, Tashkent, Botanicheskiy sad

Soʻngra, mehmonlar qarshisida oʻz tabrik nutqi bilan chiqish qildi va kutilmaganda bayram dasturxoni atrofida yigʻilgan urush faxriylarining har birining yoniga borib, mahkam bagʻriga bosib, shaxsan tabriklab chiqdi. Bunaqasi hali boʻlmagan…

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev obnimayet veterana Vtoroy mirovoy voynы
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev obnimayet veterana Vtoroy mirovoy voynы

Ha aytgancha, Ikkinchi jahon urushida Oʻzbekistonning 6,5 million aholisidan 1,5 millioni, yaʼni mehnatga layoqatli aholining 42% safarbar etilgan. Ulardan qariyb 500 ming nafari jang maydonlarida halok boʻlgan, 120 mingdan ortigʻi jangovar orden va medallarga sazovor boʻlgan. Jumladan, 280 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan, 82 nafari esa uchala darajadagi "Slava" ordeni bilan mukofotlangan.

Prezident Uzbekistana pozdravlyayet veterana Vtoroy mirovoy voynы
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Prezident Uzbekistana pozdravlyayet veterana Vtoroy mirovoy voynы

Mavzu:
9 may - Gʻalaba bayrami, Xotira va qadrlash kuni (31)
Teglar:
9 may, Ikkinchi jahon urushi, Oʻzbekiston, Mirziyoyev

Asosiy mavzular