22:51 13 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Nomer avtotrasporta Ministerstva oboronы

Mudofaa vazirligi avtoraqamlarni oʻzgartirmoqda

Ministerstvo oboronы RUz
Yangiliklar
Havola olish
78310

Yangi avtomobil raqamining avvalgisidan farqi - u oq fonda va toʻrtta raqam ketma-ketligidan iborat boʻladi

TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Mudofaa vazirligi markaziy apparatiga qarashli xizmat mashinalariga yangi turdagi avtomobil raqamlarini oʻrnatish boshlandi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati vakili.

Ushbu raqamlar Ichki ishlar vazirligi YHXBga qarashli "Oʻzavtomotobelgi" DUK bilan kelishgan holda joriy etilmoqda.

Yangi avtomobil raqamining avvalgisidan farqi — u endilikda oq fonda va toʻrtta raqam ketma-ketligidan iborat boʻladi.

Masalan, "01 0047 MV" avtomobil raqamidagi 01 — Toshkent shahri hududiga tegishli ekanligini, 0047 — tartib raqamini, MV —mudofaa vazirligi Markaziy apparatining xizmat avtomobili ekanligini bildiradi.

2018-2019-yillar davomida Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga qarashli barcha turdagi harbiy avtotransport vositalariga toʻrtta raqamlar ketma-ketligidan iborat qora fondagi avtomobil raqamlari oʻrnatiladi.

Teglar:
yangi avtoraqam

Asosiy mavzular