22:05 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Yangiliklar
Havola olish
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)
594 0 0

"MISiS" MTTU Oʻzbekistonda oʻz boʻlimiga ega boʻlgan toʻrtinchi Rossiya oliy taʼlim dargohiga aylanadi

TOSHKENT, 17 okt - Sputnik. 18 oktyabr kuni Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi doirasida Olmaliq shahrida MISiS Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti filiali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Olmaliqdagi filiali ochilishi bilan universitetning, shu jumladan, xorijdagilarni ham qoʻshib hisoblaganda, filiallari soni oltitaga yetadi.

"MISiS" MTTU Oʻzbekistonda oʻz boʻlimiga ega boʻlgan toʻrtinchi Rossiya oliy taʼlim dargohiga aylanadi.

Tantanali ochilish marosimida RF Fan va oliy taʼlim vaziri Mixail Kotyukov, Oʻzbekiston oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov , Rossiyadagi USM Holdings aktsionerlik jamiyati asoschisi va rahbari Alisher Usmonov, "MISiS" MTTU rektori Alevtina Chernikova, OTMK boshqaruvi raisi Abdullo Xursanov ishtirok etadi.

Bugungi kunda "MISiS"da texnologik mutaxassisliklar (togʻ ishi, metallurgiya, materialshunoslik va materiallar texnologiyasi, texnologik mashinalar) boʻyicha Oʻzbekistondan 400 nafardan ziyod talabalar va aspirantlar tahsil olmoqda.

Filialga Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq shahrida joylashgan binosi va Olmaliq sanoat kasb-hunar kollejining binosi tekin foydalanish uchun berilgan.

2018/2019 oʻquv yilida filial uchun ajratilgan kvota miqdori 150 kishini tashkil qiladi. Filialda oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini eʼtiborga olgan holda "MISiS" MTTU tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalar va dasturlar boʻyicha amalga oshiriladi.

Oʻquv jarayoniga oʻzbek mutaxassislari bilan bir qatorda Rossiyadan ham yuqori malakali oʻqituvchilar jamoasi jalb qilingan.

Respublikaning ishlab chiqarish-sanoat tarmogʻi uchun muhim ilmiy- texnologik vazifalarni hal qilishga qodir yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro taʼlim standartlari darajasida tayyorlash, metallurgiya, konchilik ishi va sanoat ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlarida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish yangi oliy taʼlim muassasasining asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

Mavzu:
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)

Asosiy mavzular