09:08 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Yangiliklar
Havola olish
8752 0 0

Sputnik Amerika va Yevropa iqlimshunoslari qanday ob-havoni bashorat qilishayotganini aniqladi

TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. Yangi yil kirib keldi, gʻarblik olimlar esa bir yillik prognozlarni tayyorlashga ulgurdilar. Sputnik Qirgʻiziston nashri bu maʼlumotlar bilan tanishib chiqdi va 2019-yilda bizni qanday ob-havo kutayotgani haqida maqola tayyorladi.

National Geographic maʼlumotiga koʻra, AQShning Kaliforniya shtatidan boʻlgan mutaxassislar bu yil anomal jaziramani prognoz qilishmoqda - tarixda boʻlmagan issiq havo boʻlishi aytilmoqda. Klimatolog Samanta Stivensonning taʼkidiga koʻra, bu Tinch okeani sharqida suv sathi temperaturasi keskin oshishi (El-Nino fenomeni) bilan izohlanadi.

"El-Ninoni hisobga olganda, 2019-yil tarixdagi eng issiq yil boʻlishi mumkin", — degan Stivenson.

El-Nino Tinch okeani ekvatorial qismida suv sathida keskin oʻzgarishlar yuz berganida yuzaga keladi. Bu holat quruq shamol tezligi hamda okean tubi suvlari koʻtarilishini susaytirishi yoki toʻliq blokirovka qilishi mumkin, bu esa oʻz navbatida butun koinotdagi iqlimga oʻz taʼsirini koʻrsatadi.

Butunjahon meteorologik tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, 2015-yildan 2018 yilga qadar eng issiq toʻrt yil kuzatilgan. Bu esa rekord darajaga yetgan karbonad angidrid gazi ishlab chiqarilishi bilan izohlanadi.

Rossiya gidrometsentri 2019 yilda xavfli tabiat hodisalari soni, birinchi galda suv toshqinlari ortishini prognoz qilgan.

Idora direktori Dmitriy Kiktayev RIA Novosti bilan suhbatda shunday prognozni aytgan. Kiktayev tabiiy ofatlar iqlim oʻzgarishi, yaʼni global isishga bogʻliqligini, qish mavsumi iliqlashib, oydinlashib borayotganiga aniqlik kiritgan.

Frantsiyaning okean fizikasi laboratoriyasi va masofadan turib sputnik orqali zondlash hamda Buyuk Britaniyaning Sautgempton universiteti tadqiqotchilari yaqin besh yilda, xususan, 2019-yilda ham ob-havoda anomal jazirama kuzatilishini aytganlar. Ular iqlimni prognoz qiluvchi tezkor modelini ishlab chiqish orqali shunday xulosaga kelishgan. Ushbu modelga koʻra, 2018–2022 yillarda issiq prognozlarda nazarda tutilgandan koʻra, (unchalik boʻlmasada - 1/10 gradusga) kuchliroq boʻladi. Ammo olimlarning ogohlantirishiga koʻra, Yer shari tempuraturasining oʻrtacha 0,5 darajaga oshishi ham iqlimda radikal oʻzgarishlar yuz berishi xavfini keltirib chiqaradi.

Asosiy mavzular