00:02 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana i Ministerstvo truda SSHA mogut podpisat memorandum o sotrudnichestve

AQSH Oʻzbekistonga mehnat bozori va mehnat kodeksini yangilashga yordam bermoqchi

Press-slujba Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy RUz
Yangiliklar
Havola olish
213 0 0

Hamkorlikning yuqorida aytib oʻtilgan yoʻnalishlari hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilishi uchun AQSH mehnat departamentidan doimiy asosda faoliyat yurituvchi maslahatchi jalb etilishi rejalashtirilmoqda

TOSHKENT, 12 fev - Sputnik. AQSH va Oʻzbekiston mehnat sohasida hamkorlik memorandumini imzolashi mumkin, deb xabar qildi Mehnat vazirligi matbuot-xizmati.

Taʼkidlanishicha, ikki davlat oʻrtasida imzolanadigan memorandumning asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston mehnat bozorida ilmiy va demografik tadqiqotlarni olib borish, turli kasblarga qisqa muddatda oʻqitishni tashkil etishda hamkorlik qilish hamda ikki davlat mehnat organlari xodimlari uchun tematikaga oid treninglar va kurslar oʻtkazishdan iborat boʻladi.

Shuningdek, tomonlar yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi va malaka oshirish milliy tizimini joriy etishda ham hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

Hamkorlikning yuqorida aytib oʻtilgan yoʻnalishlari hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilishi uchun AQSH mehnat departamentidan doimiy asosda faoliyat yurituvchi maslahatchi jalb etilishi rejalashtirilmoqda.

Amerika tomoni rejalashtirilayotgan hamkorlik yoʻnalishlariga yuqori baho berib, ularni hayotga tatbiq etishda yordam berishga toʻliq tayyorligini bildirgan.

Asosiy mavzular