15:38 20 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Salon avtobusa

"Uch soatda manzilga eltadi": Samarqand-Toshkent avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

CC0 / pixabay
Yangiliklar
Havola olish
84310

Yoʻnalish boʻyicha harakatlanish vaqti uch soatni va chipta narxi bir yoʻlovchi uchun bir tomonga 25 ming soʻmni tashkil etadi

TOSHKENT, 20 apr - Sputnik. 17 aprel kunidan "Samarqand-Toshkent" shaharlararo avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi, deb xabar qildi Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, "Samarqand-Toshkent"  shaharlararo zamonaviy avtobus qatnovi Samarqand shahridagi avtomobillar Bosh bekati orqali yoʻlga qoʻyilgan.

Mazkur yoʻnalish boʻyicha har kuni ertalab soat 07:00, 09:00, 10:00 da Samarqand shahridan va kunning ikkinchi yarmida, yaʼni soat 13:30, 16:00, 18:00 da Toshkent shahridan harakatlanishi belgilangan.

Yoʻnalish boʻyicha harakatlanish vaqti 3 soatni va chipta narxi 1 yoʻlovchi uchun bir tomonga 25 ming soʻmni tashkil etadi (avtobus 55 ta oʻringa ega).

Asosiy mavzular