07:25 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Fitna va urushga qarshi: Qozogʻiston fuqarolari tinch mitingga chiqishdi

© Sputnik / Timur Batыrshin
Yangiliklar
Havola olish
772 0 0

Tinch namoyishga 500ga yaqin kishi keldi, aktsiya Nur Otan partiyasi tomonidan tashkil etilgan

TOSHKENT, 6 iyul – Sputnik. Nur Otan partiyasi tomonidan tashkil etilgan tinch miting Almatida boʻlib oʻtdi. Biz birgamiz deb nomlangan miting bir hafta oldin boshqa faollar namoyish oʻtkazgan skverda boʻlib oʻtgan.

© Sputnik / Timur Batыrshin
Mirnыy miting, organizovannыy partiyey Nur Otan, proshel v Almatы

Mitingda 500 ga yaqin kishilar ishtirok etgan, ular orasida madaniyat vakillari, ilm sohasi vakillari, shahar jamoatchilik kengashlari vakillari, oʻqituvchilar ishtirok etishgan.

Namoyish oʻtkazilgan hududda bir qancha politsiyachilar, tez tibbiy yordam karetasi va ikkita yongʻin oʻchirish mashinalari navbatchilik qilgan.

Miting ishtirokchilari birlashib, fitnachilarga chap berishga daʼvat qilganlar.

Namoyishchilar qoʻllarida "Biz urushga qarshimiz, bizga fitnachilar kerakmas", "Ablyazov - haqiqiy firibgar" va boshqa shiorlar yozilgan transparantlarni ushlab turishgan.

Nur Otan partiyasining Almati shahri filiali raisining birinchi oʻrinbosari Stanislav Konurov mitingda chiqish qila turib, namoyishda yigʻilganlar maqsadi chet eldan harakat qilayotgan fitnachilarga qarshi turish ekanini aytgan.

"Biz oʻz bilimlarimizni oshirishimiz kerak va fitnachilarga yoʻl berishimiz kerak emas. Bu yerda yashayotgan fitnachilar ortida kim turibdi? Chet elga qochgan Ablyazov. Agar u haqiqatda Qozogʻiston uchun jon kuydirganida edi, hozir xalq yonida boʻlardi", - degan Konurov.

Qochoq oligarx Muxtar Ablyazov bir nechta jinoiy ishlar stal figurantiga aylangan. 2018 yil mart oyida sud "Qozogʻiston demokratik tanlovi" harakati faoliyatini ekstremistik deb tan olgan. Ablyazov noroziliklarga daʼvat qilib, ijtimoiy tarmoqlar orqali ijtimoiy dushmanlikni olov oldiradi, deb taʼkidlagan Qozogʻiston Bosh prokuraturasi.

Asosiy mavzular