07:59 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Yeщe bolshe gosuslug mojno budet poluchit cherez internet. Arxivnoye foto

Oʻzbekiston fuqarolarini "shilish" uchun chet elda eskirgan usullar qoʻllanmoqda

© Sputnik / Vladimir Pesnya
Yangiliklar
Havola olish
809 0 0

Buxoro shahrida yashovchi bir qator fuqarolar masofadan turib "shilish" sxemasiga asoslangan firibgarlik holatiga duch kelishdi

TOSHKENT, 13 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi mamlakat fuqarolarini internetda amalga oshirilayotgan firibgarliklardan ogoh boʻlishga bot-bot chaqirayotganiga qaramay, soddaligi tufayli osonlikcha oʻljaga aylanayotgan fuqarolar koʻplab topilmoqda.

Joriy yilning iyul oyida Buxoro shahrida yashovchi bir qator fuqarolar aynan shunday firibgarlik holatiga duch kelishgan.

Buxoroda yashovchi fuqarolar: Salima, Sardor va Saida Oʻzbekistondagi onlayn-savdoplatformasi boʻlmish "Olx" saytida divan sotishlari toʻgʻrisida eʼlon joylashtirishadi.

Eʼlon saytda chiqqach, Rossiya Federatsiyasiga tegishli telefon raqamidan bir necha bor qoʻngʻiroq boʻladi va oʻzini "Sergey" deb tanishtirgan nomaʼlum shaxs, ulardan divanlarni sotib olishni vaʼda qiladi. Mebellarning pullarini esa "Click-Bot" pul oʻtkazish tizimi orqali ularning nomidagi plastik kartochkalariga koʻchirib berishini aytadi.

Shundan soʻng nomaʼlum shaxs Oʻzbekiston fuqarolari nomida boʻlgan plastik kartochkalarning 16 va 5 ta raqamlardan iborat maxfiy kodlarini aldov yoʻli bilan soʻrab olib, uch fuqaroning plastik kartochkasidan umumiy miqdorda 4 million 398 ming soʻmni yechib olgan.

"Mazkur holat yuzasidan uchala shaxs ham Buxoro shahar IIO FMBga qilgan murojaatiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ushbu jinoyatni sodir etgan nomaʼlum shaxsni aniqlash va ushlash choralari koʻrilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda", - deyilgan IIV xabarida.

Oʻzbekiston IIV mamlakat fuqarolaridan "oʻzlari tanimagan, koʻrmagan va bilmagan shaxslar bilan internet tarmoqlari orqali oldi-sotdi yoki qandaydir kelishuvlarni amalga oshirayotganda hamisha hushyor boʻlishlarini" soʻraydi.

Shuni aytish joizki, firibgarlar Oʻzbekistonda qoʻllayotgan bu sxema, chet elda keng tarqalgan internet-firib turlaridan biri - fishing sifatida mashhur. Fishing maqsadi - kishiga tegishli kredit yoki boshqa kartalarning PIN-kodi va boshqa maʼlumotlarni qoʻlga kiritishdan iborat. Hech qachon kartangiz raqami yoki PIN-kodini begonalarga bermang.

Asosiy mavzular