10:07 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)
22710

Musobaqa ishtirokchilari quyi harorat va cheklangan harakat kabi murakkab togʻ sharoitida, oʻnlab maxsus vazifalarni bajardilar.

TOSHKENT, 16 avg - Sputnik. ARMI-2019 doirasida oʻtkazilayotgan "Elbrus halqasi" xalqaro musobaqasida Oʻzbekiston jamoasi ikkinchi oʻrinni egalladi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

"Elbrus halqasi" xalqaro musobaqasida beshta davlat - Rossiya, Hindiston, Marokash, Qozogʻiston va Oʻzbekiston jamoalari - harbiy xizmatchilari oʻta murakkab togʻ sharoitida va chidab boʻlmas bosim ostida harakatlandi: musobaqa ishtirokchilari quyi harorat va cheklangan harakat kabi murakkab togʻ sharoitida, oʻnlab maxsus vazifalarni bajardilar.

Bellashuv avvalida ishtirokchilar ikki kun Elbrusni quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha piyoda zabt etish bilan shugʻullandi: Terskol choʻqqisi (2462 m.) — Azau yalangligi (2356 m.) — Priyut-11 (4200 m.) — Elbrusning gʻarbiy choʻqqisi (5642 m.). 20 kilometrga yaqin marsh davomida balandlikning umumiy oʻzgarishi 2,2 kilometrga teng, relyefi — oʻrta murakkab.

Voyennoslujaщiye iz Uzbekistana na mejdunarodnom konkurse Elbrusskoye koltso
© Ministerstvo oboronы Uzbekistana.
Voyennoslujaщiye iz Uzbekistana na mejdunarodnom konkurse "Elbrusskoye koltso"

Maxsus vazifalarni bajarish chogʻida harbiy xizmatchilar "Azau — Priyut-11" yoʻnalishi boʻyicha qurol-aslaha yordamida marsh yurishni amalga oshirdi.

"Elbrus halqasi — 2019" xalqaro tanlovining final bosqichida Oʻzbekiston jamoasi birinchi boʻlib Elbrusni zabt etdi. Buning uchun jamoaga 4 daqiqayu 25 soniya kerak boʻldi.

Voyennыe razvedchiki Uzbekistana na ArMI
© Ministerstvo oboronы Uzbekistana.
Voyennыe razvedchiki Uzbekistana na ArMI

Yakuniy natijalarga koʻra, Rossiya birinchi oʻringa (12 848 ball) munosib koʻrilgan boʻlsa, ikkinchi oʻrin Oʻzbekiston (12 041 ball) jamoasiga nasib etdi. Kuchli uchlikdan Qozogʻiston harbiy xizmatchilari joy oldi (11 672 ball).

Mavzu:
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)

Asosiy mavzular