15:06 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
563 0 0

Rossiya va Ukraina yoz fasli oxirida sud hukmi oʻqilgan va ushlab turilgan shaxslarni bir vaqtning oʻzida ozodlikka chiqarish masalasida ishlarni boshlab yuborishgan. Rossii prezidenti Vladimir Putin ushbu masala tez vaqtda hal boʻlishini aytgan edi.

TOSHKENT, 7 sen - Sputnik. Rossiya va Ukraina sud hukmi oʻqilgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan oʻzaro almashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Hozirga qadar olingan maʼlumotlarga koʻra, bir tomondan 35 kishi va ikkinchi tomondan 35 kishi chegarani kesib oʻtishgan.

"Rossiya va Ukraina oʻrtasida fuqarolar bilan almashishga bagʻishlangan tarixiy aktsiya boʻlib oʻtdi", - deb maʼlum qilgan RIA Novostiga Rossiyaning inson huquqlari boʻyicha vakili Tatyana Moskalkova.

RIA Novosti Ukraina portali rahbari Kirill Vыshinskiy va Ukraina prezidenti tomonidan Rossiya va Ukraina oʻrtasida boʻlgan kelishuvga muvofiq avf etilgan aktsiya ishtirokchilari Moskvaga tomon uchishgan.

Flightradar portali maʼlumotiga koʻra, maxsus bort Moskva vaqti bilan 12:50 Rossiya havo boʻshligʻiga kirib kelgan.

Asosiy mavzular