15:13 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Devushka vo vremya dojdya

Oʻzbekistonda qishning birinchi kuni yomgʻir bilan boshlanadi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich
Yangiliklar
Havola olish
69810

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ikkinchi yarmida kechasi bazi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin

TOSHKENT, 30 noya - Sputnik. "Oʻzgidromet" qishning birinchi kuni uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechasi biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharkdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 11-13° iliq boʻladi. 

Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharkdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharkdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq,  kunduzi 13-18° iliq boʻladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ikkinchi yarmida kechasi bazi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharkdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mukin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharkdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 14-19° iliq boʻladi. 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.

Oʻzbekistonning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, bazi joylarda yogʻingarchilik boʻladi. Baʼzi joylarda tuman tushadi Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharkdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi

Asosiy mavzular