03:32 28 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
192230

Jinoyat ishi doirasida 10dan ortiq ekspertiza va laboratoriya taxliliy tadqiqotlar tayinlangan. Ombor qurilishida bosh pudratchi sifatida "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJga qarashli "OʻzTemiryoʻlQurilishMontanj" unitar korxonasi qatnashgan.

TOSHKENT, 16 may - Sputnik. 2020 yil 1 may kuni "Sardoba" suv ombori toʻgʻoni oʻpirilishi holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 207 moddasi 1-kismi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 258-moddasi 2 qismi "b" bandi (Togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda Oʻzbekiston Davlat xavfsizligi xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu haqda bugun Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov Xalqaro press klubning Sirdaryo viloyatida boʻlib oʻtgan jonli efiri davomida maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, "Sardoba" suv ombori Hukumatning 2010 yildagi qarori asosida Sardoba, Mirzaobod va Xovos tumanlari hududida barpo etilgan boʻlib, umumiy sigʻimi - 974 mln. metr kubni tashkil qiladi.

Perimetri - 42 km., toʻgʻon uzunligi - 28 km., maydoni 6 ming 800 gektar.

Toʻgʻonning maksimal balandligi - 33 metr boʻlib, suvning maksimal balandligi - 30 metrni tashkil qiladi.

Obʼyekt buyurtmachisi- "Sirdaryo qurilish invest" DUK boʻlib turib, bosh pudratchi sifatida "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJga qarashli "OʻzTemiryoʻlQurilishMontanj" unitar korxonasi qatnashgan.

Qurilish ishlariga - 28ta sub-Pudratchilar jalb etilgan.

Loyihachi sifatida - "UzGip" MCHJ ishtirok etgan.

Loyiha qiymati - 1,2 trillion soʻmni tashkil qilgan.

Moliyalashtirish manbai - byudjet mablagʻlari hisobidan boʻlgan.

Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlarini har tomonlama, toʻliq va xolisona olib borish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tashkil qilingan.

Jinoyat ishi boʻyicha tergov quyidagi asosiy tergov taxminlari oldinga surilib, tekshirilmoqda:

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida toshqin oqibatlarini bartaraf etilishi
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Birinchisi- loyihalashdagi xatoliklar;

Ikkinchisi - qurilish meʼyorlariga rioya etmaslik;

Uchinchisi - ekspluatatsiya jarayonidagi xatoliklar;

Toʻrtinchisi - tabiiy ofat.

Tergov taxminlarini tekshirish maqsadida, dastlabki tergov davomida jami 170 nafardan ziyod shaxslar tergov guruhi aʼzolari tomonidan guvoh tariqasida soʻroq qilinib, suv omborini loyihalashtirish, uning qurilishi va ekspluatatsiya qilish jarayonlari toʻgʻrisida koʻrsatmalar olingan.

Jinoyat ishi doirasida 10dan ortiq ekspertiza va laboratoriya taxliliy tadqiqotlar tayinlangan.

Shu jumladan, suv ombori toʻgʻoni (plotina) - loyihaga mos qurilgani; ekspluatatsiya qoidalariga rioya etilgani; hisobotlarda aks ettirilgan ekspluatatsiya xarajatlari va ularning ishlari haqiqatda bajarilgani; moliyaviy-xoʻjalik hisobotlari toʻgʻri yuritilganligi tekshirilmoqda.

Toʻgʻonning hozirgi holatini oʻrganish, suv va tuproqning fizik xossalarini aniqlash maqsadida taftish va nazorat oʻlchovlari tayinlangan.

Suv ombori qurilishida amalda bajarilgan ishlar, foydalanilgan materiallar sifati va miqdorini aniqlash maqsadida sudga oid qurilish-texnikaviy ekspertiza tayinlangan.

Bundan tashqari, jinoyat ishi boʻyicha 25 dan ziyod tegishli idora vakillaridan iborat mutaxassislar jalb qilinib, hozirda tadqiqotlar olib borilmoqda.

Gidrotexnik inshootlarni qurish va ekspluatatsiya qilish sohasi mutaxassislarini jalb qilgan holda butun toʻgʻon ichki va tashqi tomoni koʻzdan kechirilib, uning faoliyatiga ehtimol taʼsir qilishi mumkin boʻlgan holatlar ham oʻrganilmoqda.

Shu bilan birga, tezkor-tergov guruhi hamda Hukumat komissiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va tezkor maʼlumot almashuvi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov va tezkor-qidiruv tadbirlar davom etmoqda.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular