18:11 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Yangiliklar
Havola olish
418 0 0

Tayinlovlarning aksariyati vakant oʻrinlarni toʻldirish hamda sogʻliqni saqlash tizimi oldida turgan dolzarb vazifalarni hal etish bilan bogʻliqdir

TOSHKENT, 3 iyul - Sputnik. Sogʻliqni saqlash vaziri toʻrt nafar yangi oʻrinbosarga ega boʻldi.

Oʻzbekiston prezidentining 3 iyuldagi tegishli qaroriga asosan Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari lavozimiga Ulugʻbek  Sabirov tayinlandi.

Sabirov 1974 yilda tugʻilgan. 1997 yilda Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ning davolash ishi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan, tibbiyot fanlari doktori.

Tayinlovga qadar Dermatologiya va venerologiya ilmiy tekshirish institutida turli lavozimlarda ishlagan. 2013 yildan ayni paytga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan.

Basitxanova Elmira Irkinovna yana vazirlikka qaytdi, u vazir oʻrinbosari etib tayinlandi.

Shuningdek, Moliya vaziri oʻrinbosari Shaxrux Sharaxmetov Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu vaqtgacha ushbu lavozimda faoliyat koʻrsatib kelgan Baxodir Nizomov boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan oʻz lavozimidan ozod etildi.

Sharaxmetov 1977 yilda tugʻilgan. 1998 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1999 yilda esa Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini iqtisodchi, moliya va investitsiyalar mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Tayinlovga qadar Moliya vaziri oʻrinbosari lavozimida samarali faoliyat koʻrsatib kelgan.

Tayinlovlarning aksariyati vakant oʻrinlarni toʻldirish hamda sogʻliqni saqlash tizimi oldida turgan dolzarb vazifalarni hal etish bilan bogʻliqdir.

Shuningdek, Oʻzbekiston prezidentining tegishli qaroriga asosan Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari lavozimiga Abdulla Azizov tayinlandi.

Azizov 1981 yilda tugʻilgan. 2003 yilda Yaponiyaning Nagoya universitetini, 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini moliya va xalqaro biznes yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasini olgan.

Shuningdek, Daniyaning Orxus universiteti magistraturasini, Orxus texnika kollejini IT-dasturchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlab, ushbu yoʻnalishda mehnat faoliyatini boshlagan.

Tayinlovga qadar 2006 – 2019 yillarda Daniyada qator nufuzli kompaniyalarda masʼul lavozimlarda ishlagan. 2019 yil sentyabr oyidan ayni paytga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan.

Asosiy mavzular