17:25 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Yangiliklar
Havola olish
321 0 0

Jinoiy ish "Davlatga xiyonat" moddasi boʻyicha qoʻzgʻatilgan. Safronov 20 yildan ortiq muddatga qamalishi mumkin.

TOSHKENT, 7 iyul - Sputnik. "Roskosmos" rahbari maslahatchisi Ivan Safronov NATO maxsus xizmatlaridan biriga ishlaganlikda gumonlanmoqda. Taxmin qilishlaricha, Safronov boʻlinmaga harbiy-texnik hamkorlik va Rossiya "mudofaasi" haqidagi maxfiy maʼlumotlarni uzatib turgan. Bu haqda seshanba kuni RF FSB maʼlum qildi.

"Moskvada "Roskosmos" davlat korporatsiyasi bosh direktorining maslahatchisi Safronov Ivan Ivanovich qoʻlga olindi. Safronov, NATO maxsus xizmatlarining biri tomonidan berilgan topshiriqni bajarib, boʻlinma vakiliga davlat sirini tashkil qiluvchi RF harbiy-texnik hamkorligi, mudofaasi va xavfsizligi haqidagi maʼlumotlarni yetkazib turgan", - deyiladi relizda.

Jinoiy ish "Davlatga xiyonat" moddasi boʻyicha qoʻzgʻatilgan. Safronov 20 yildan ortiq muddatga qamalishi mumkin.

"Roskosmos"dagilarning taʼkidlashicha, Safronovning qoʻlga olinishi uning davlat korporatsiyasidagi faoliyati bilan bogʻliq emas.

"Roskosmos"ga ishga joylangunga qadar 2010 yildan 2019 yillar oraligʻida Safronov "Vedomosti" va "Kommersant" nashrlarida ishlagan, harbiy va kosmik sohaga oid mavzular bilan shugʻullangan. "Roskosmos" rahbari Dmitriy Rogozinning axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi lavozimiga joriy yil may oyi oxirida tayinlangan.

Asosiy mavzular