Karantin davrida yordamga muhtoj oilalar oziq-ovqat bilan ta’minlanadi - Hukumat qarori

© Press-slujba Ministerstva yustitsiiMinyust i Obshenatsionalnoe dvijenie "Yuksalish" dostavili sirdarinsam ocherednuyu partiyu gumpomoshi
Minyust i Obshenatsionalnoe dvijenie Yuksalish dostavili sirdarinsam ocherednuyu partiyu gumpomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moddiy ko‘mak yuklarini manzilli taqsimlash hamda yetkazib berish maqsadida mahalliy hokimlarning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari boshchiligida ishchi guruhlar tuzildi, shuningdek, homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontorlik markazlarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

TOShKENT, 11-iyul - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasi karantin cheklovlari joriy etilishi munosabati bilan moddiy daromad manbaini yo‘qotgan, ishsiz va ehtiyojmand aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Kak strani SNG vozvrashayutsya k jizni posle otmeni karantina i ChP - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qo‘shimcha karantin cheklovlari kiritildi

Xususan, davlat tomonidan hozirgi kunda 20 kunlik karantin davrida moddiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolayotgan eng muhtoj 120 mingga yaqin oilalarni davlat tomonidan oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va birinchi ehtiyoj mahsulotlarini yetkazib berish orqali qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilmoqda.

Mazkur oilalar ro‘yxatini ishlab chiqishda quyidagi oilalarga birinchi navbatda e’tibor qaratiladi:

- ta’minot manbai bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan, boquvchisidan ajralgan, og‘ir kasallari bor, ko‘p bolali oilalar;

- ijtimoiy nafaqasi real ehtiyojlarni qoplamaydigan va undan boshqa daromad manbai bo‘lmagan oilalar;

- ota-onasining ikkisini ham yo‘qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlar shug‘ullanayotgan oilalar;

V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 12,2 mingdan oshdi

- ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo‘lgan oilalar;

- 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar);

- ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish izlovchi sifatida bandlikka ko‘maklashish markazlarida hisobda turgan oilalar;

- mehnatga layoqatli a’zolari bo‘lgan, biroq ular hech qayerda ishlamaydigan yoki pandemiya tufayli daromadidan vaqtincha mahrum bo‘lgan (mavsumiy ishchi, usta, mardikor, sartarosh, chet elda ishini yo‘qotib qaytganlar, taksi haydovchisi, kafe, restoran ishchisi va h.k) va zarur yordamga muhtoj oilalar.

Lechenie bolnix s COVID-19 v SKB RJD-Meditsina - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: 10-iyul asosiy xabarlari

Moddiy ko‘mak yuklarini manzilli taqsimlash hamda yetkazib berish maqsadida mahalliy hokimlarning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari boshchiligida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Yoshlar agentligining vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzildi, shuningdek, homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontorlik markazlarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontorlik markazlariga murojaatlarni qabul qilishni tashkil etish maqsadida qisqa raqamli telefon tarmog‘i (call-center) ishga tushiriladi.

Utilizatsiya ispolzovannix masok i kostumov v karantinnoy zone pod Tashkentom - Sputnik O‘zbekiston
Izsiz yo‘qotish uchun: O‘zbekistonda tibbiy chiqindilar qanday utilizatsiya qilinmoqda

Shuningdek, volontorlarga yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Endilikda moddiy ko‘mak yuklarini o‘z manziliga yetkazib berishda asosiy yordamchi bo‘lgan volontorlar mahalliy hokimliklar tomonidan zarur himoya vositalari – tibbiy kombinezon, tibbiy niqob, qo‘lqop, dezinfeksiya vositalari, shuningdek, uzluksiz harakatlanish uchun avtotransport vositalari (damas, labo, gazel va b.q.) bilan ta’minlanadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, moddiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolayotgan eng muhtoj oilalarga oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va birinchi ehtiyoj mahsulotlarini sotib olish hamda homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontorlik markazlari orqali yetkazib berish uchun davlat tomonidan 20 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.

O‘zbekiston yordamga shoshilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya vaqtidagi insonparvarlik

Kelgusida davlat tomonidan karantin davrida aholining muhtoj katlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida zaruratga qarab yana qo‘shimcha mablag‘lar ham ajratiladi.

Davlat tomonidan karantin sharoitida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida ham tizimli chora-tadbirlar belgilandi.

Mutasaddilarga nodavlat ta’lim tashkilotlari (maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, oliy ta’lim tashkilotlari) faoliyatini o‘rgangan holda, karantin cheklovlari joriy etilganligi munosabati bilan faoliyatida moliyaviy muammolarga duch kelayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish, shu jumladan, ushbu masala yuzasidan alohida Vazirlar Mahkamasining qarorini tayyorlanadi.

V Kazani zapustili proyekt po razrabotke vaksini ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
BSST koronavirus zaiflashgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi

Yirik tadbirkorlik subyektlariga karantin cheklovlari amal qilgan davrda tegishli ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va savdo obyektlarida sanitariya-gigiyena va epidemiologik talablarga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan xodim belgilash tavsiya etildi.

Eslatib o‘tamiz, 18-19 iyul hamda 25-26 iyul (shanba va yakshanba) kunlari aholiga – "o‘zini o‘zi yakkalash" hayot tarziga qat’iy rioya etgan holda o‘z uylarida qolish; davlat organlari va muassasalari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga – xodimlarni ishga jalb etmaslik, xodimlarning ushbu kunlarda uyda qolishi uchun sharoit yaratish tavsiya etiladi.

Yangiliklar lentasi
0