22:39 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
151 0 0

Hujjatga koʻra, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatini maʼmuriy sudlardan jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga oʻtkazish koʻzda tutilgan

TOSHKENT, 25 iyul - Sputnik. "Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" prezident farmoni imzolandi.

Unga koʻra, Oliy sud tuzilmasida investitsiyaviy nizolarni hamda raqobatga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sudlov tarkibi tuziladi.

Sudlov tarkibiga investitsiya kiritilgan sanada 20 million AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda investitsiyani amalga oshirgan yirik investorlar va davlat organlari oʻrtasida yuzaga keladigan investitsiyaviy nizolar hamda raqobatga oid ishlarni koʻrish vakolati berildi.

Bunda:

- investitsiyaviy nizolar boʻyicha yirik investorlarning, raqobatga oid ishlar boʻyicha taraflarning xohishiga koʻra, ushbu toifadagi ishlar bevosita Sudlov tarkibi tomonidan birinchi instantsiya sudi sifatida koʻrilishi;

- qolgan investitsiyaviy nizolar investorlarning xohishiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudi tomonidan birinchi instantsiya sudi sifatida koʻrilishi mumkin.

2020 yil 1 noyabrga qadar yangi tahrirdagi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Unda, jumladan, quyidagilar nazarda tutiladi:

- sudlarning tuzilishi, tuman (shahar), tumanlararo, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlarning, Oʻzbekiston Oliy sudining, Oʻzbekiston Oliy sudi sudlov hayʼatlarining, Rayosatining, Plenumining vakolatlari doirasi;

- sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalarga nisbatan qoʻyiladigan talablar;

- sudyalar, sud raislari va rais oʻrinbosarlarini tayinlash (saylash) tartibi;

- sudyalarning maqomi, ularning mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish;

- sudyalarga nisbatan intizomiy ish faqat sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan qoʻzgʻatilishini nazarda tutgan holda, sudyalarning intizomiy javobgarligi, intizomiy ishni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish tartibi;

- sudyalar vakolatlarini toʻxtatib turish, shuningdek, tugatish asoslari va tartibi;

- sudyalarning moddiy taʼminoti va ularni ijtimoiy himoya qilish choralari.

Farmonga koʻra, sud tizimida 2021 yil 1 yanvardan boshlab qator tashkiliy-tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Unda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

- viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari boʻyicha, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qatʼiy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari boʻyicha alohida sudlov hayʼatlarini tashkil etgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiktsiya sudlarini tashkil etish;

- maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatini maʼmuriy sudlardan jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga oʻtkazish;

- maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni koʻrishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo maʼmuriy sudlarini tashkil etish, shu munosabat bilan tuman (shahar) maʼmuriy sudlarini tugatish. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari saqlab qolinishi;

- Amudaryo, Nurobod, Boysun va Pastdargʻom tumanlari iqtisodiy sudlarini tugatish;

- fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiyoʻl tumanlararo sudini, fuqarolik ishlari boʻyicha Urgut, Soʻx, Xatirchi, Paxtakor tumanlari sudlarini, Pastdargʻom tumanlararo iqtisodiy sudini, jinoyat ishlari boʻyicha Boʻzatov, Taxiatosh, Bandixon, Tuproqqalʼa tumanlari sudlarini tashkil etish;

- Sudyalar oliy malaka hayʼatining hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalari malaka hayʼatlarining qarorlari ustidan Sudyalar oliy kengashiga shikoyat qilish huquqini berish.

Farmon bilan qonun loyihasini 2 oy muddatda Qonunchilik palatasiga kiritish belgilandi.

Asosiy mavzular