19:10 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Yangiliklar
Havola olish
1461 0 0

Avgust harorati oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqin boʻlishi kutilmoqda. Qisqa muddatli yomgʻirlar asosan respublikaning togʻli va togʻoldi hududlarida kuzatiladi.

TOSHKENT, 1 avg - Sputnik. Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlariga Volgaboʻyidan nam va salqin havo oqimi kirdi. Shu bois, avgust oyi boshida nam va salqin havo butun respublika hududiga tarqaladi, deb xabar qiladi Oʻzgidromet bosh sinoptigi Irina Zaytseva.

1 avgustda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomgʻirlar faqat Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida kuzatilishi mumkin, mamlakatning qolgan hududida yogʻingarchilik boʻlmaydi, harorat 30-33 daraja atrofida boʻladi.

2 avgustda respublikaning katta qismida ob-havoning yana kam bulutli va quruq boʻlishi kutilmoqda, faqat baʼzi togʻli va togʻoldi hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Keyingi haftada ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻladi. Harorat asta koʻtariladi va yana 36-39 darajani tashkil qiladi.

Keyinchalik avgust harorati oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqin boʻlishi kutilmoqda. Qisqa muddatli yomgʻirlar asosan respublikaning togʻli va togʻoldi hududlarida kuzatiladi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja atrofida, ayrim kunlarda 40 darajagacha boʻlishi kutilmoqda.

Oyning soʻnggi oʻn kunligida kunduzgi harorat 28-33 darajagacha pasayishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, avgust oyi Oʻzbekistonda yilning eng quruq oyi hisoblanadi.

Avgust oyida yogʻingarchilikli kunlar oʻrtacha 1-2 kunni, Farhona vodiysi va togʻlarda −3-6 kunni tashkil qiladi. Oʻrtacha yogʻinlar miqlori mamlakatimiz hududining katta qismida 1-2 mm, ayrim joylarda 3-4 mm, togʻoldi va togʻlarda 10-20 mm ni tashkil qiladi.

 

Asosiy mavzular