02:42 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
181 0 0

Shartlardan biriga koʻra, bolalarning bir vaqtda toʻplanib qolishlarini oldini olish maqsadida darslarning boshlanishi tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 3 sen - Sputnik. Xalq taʼlimi vazirligi pandemiya sharoitida maktablarda anʼanaviy taʼlim jarayoni qay tarzda tashkil qilinishini tushuntirdi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Taʼkidlanishicha, umumtaʼlim maktablarida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishning vaqtinchalik tartibi belgilangan.

Unga koʻra, dars mashgʻulotlari ertalab soat 8:00 dan kech soat 17:30 gacha tashkil qilinadi.

Bolalarning bir vaqtda toʻplanib qolishlarini oldini olish maqsadida darslarning boshlanishi tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi.

1-4 sinflar maktabga soat 08:00 gacha, 5-8 sinflar soat 08:30 gacha hamda 9-11 sinflarning kelishi soat 09:00 gacha alohida eshiklardan ijtimoiy masofa saqlab, tana haroratini oʻlchagan holda amalga oshiriladi.

Darslar "Sinf sistemasi"da olib boriladi, yaʼni barcha darslar bir sinf uchun bir xonada olib boriladi.

Boshlangʻich sinf oʻquvchilari sinf rahbarlari tomonidan maktabning asosiy darvozasi yonida kutib olinadi hamda kuzatiladi. Ota-onalarning maktabga kirib chiqishi taqiqlanadi.

Darslar oraligʻidagi tanaffuslar vaqtida qoʻngʻiroq chalinmaydi, sinf xonalari koʻchadagi havo haroratidan kelib chiqqan holda shamollatib boriladi.

Asosiy mavzular