19:01 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
505 0 0

PTSR usuli bilan COVID-19ga manfiy natijali maʼlumotnomani olish uchun, Oʻzbekistonda parvozdan kamida 4 kun oldin tibbiyot muassasasiga murojaat qilinishi tavsiya etiladi.

TOSHKENT, 19 sen - Sputnik. Uzbekistan Airways Qozogʻistonga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga muhim eslatma bilan chiqdi.

Taʼkidlanishicha, Qozogʻiston Respublikasiga ketayotgan Oʻzbekiston fuqarolariga qoʻyilgan yangilangan talablar 19-sentyabrdan kiritiladi.

Aeroportda parvozga roʻyxatdan oʻtish vaqtida bahsli vaziyatlarning oldini olish maqsadida, PTSR usuli bilan COVID-19ga manfiy natijali maʼlumotnomani olish uchun, Oʻzbekiston Respublikasining tibbiyot muassasalariga vaqtida (parvozdan kamida 4 kun oldin) murojaat qilinishi tavsiya etiladi.

Maʼlumotnoma ingliz yoki rus tillarida boʻlishi lozimligi belgilangan.

Aqtau va Urganch oʻrtasida parvozlarni yoʻlga qoʻyish muhokama qilindi >>>

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Qozogʻiston 11 sentyabrdan muntazam parvozlarni rasman qayta tiklagan edi.

Asosiy mavzular