23:08 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
221 0 0

Koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida (qizil hududdan kelganlar uchun) 14 kunlik uy yoki mehmonxonalarda oʻzini-oʻzi yakkalashlari talab etiladi.

TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. Samarqand xalqaro aeroportida Rossiya davlatining Sankt-Peterburg va Moskva shaharlaridan uchib kelgan 497 nafar yurtdoshlarimiz 2 ta charter reys orqali kutib olindi, deb xabar bermoqda "Samarqand xalkaro aeroporti" matbuot-xizmati.

"Bugun (iFLy va Red Wings aviakompaniyalarining Airbus 330 va Airbus 321 havo kemalari Sankt-Peterburg va Moskva shaharlaridan soat 02:10 va 3:51 da qabul qildi. Yoʻlovchilar anketa maʼlumotlarida keltirilgan yashash joylariga koʻra oʻz manzillariga kuzatib qoʻyildi", - deyiladi xabarda.

Oʻzbekistonga keluvchi yoʻlovchilarning parvozdan oldin 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda faqat PZR (polimer zanjirli reaktsiya) orqali tekshirilib, manfiy koʻrsatichga ega maʼlumotnomalarni taqdim etishlari kerak boʻladi.

Koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida (qizil hududdan kelganlar uchun) 14 kunlik uy yoki mehmonxonalarda oʻzini-oʻzi yakkalashlari talab etiladi.

 

Asosiy mavzular