21:43 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
168 0 0

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻining oʻrinbosarlari lavozimlariga qator tayinlovlar amalga oshirildi.

TOSHKENT, 9 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻining oʻrinbosarlari lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻining birinchi oʻrinbosari etib Xolmamat Norboyev Nuraliyevich tayinlandi. Norboyev 1977 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan boʻlib, Samarqand, Fargʻona va Surxondaryo viloyatlarida harbiy sohaning sanitariya-epidemiologiya yoʻnalishida faoliyat yuritgan.

Mutaxassisligi – gigiyenist-epidemiolog shifokor. 2002 yildan boshlab bir qator harbiy unvonlarga sazovor boʻlgan, 2018 yilda esa tibbiy xizmat podpodkovnigi darajasiga erishgan. SEOJS boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlanishdan avval OʻzbekistonMudofaa vazirligi bosh sanitariya vrachi – Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi boshligʻi boʻlgan.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʻining oʻrinbosari etib tibbiyot fanlari doktori Nurmat Atabekov tayinlandi. 1957 yilda tugʻilgan Atabekov koʻp yillar davomida gigiyena, sanitariya va epidemiologiya sohasida turli lavozimlarni egallab kelgan. Jumladan, Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi, Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshligʻi, Respublika OITSga qarshi kurashish markazi direktori hamda Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti direktori lavozimlarida ishlab kelgan.

Tayinlovdan avval esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritgan.

Botirjon Kurbanov ham Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻining oʻrinbosari etib tayinlandi. 1979 yilda tugʻilgan Kurbanov koʻp yillar davomida sanitariya-epidemiologiya sohasida faoliyat yuritgan. U II darajali "Salomatlik" ordeni sohibidir. Tayinlovdan avval B.Kurbanov Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻining yana bir oʻrinbosari etib Qobuljon Hayitov tayinlandi. 1986 yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan Hayitov Toshkent moliya institutini tamomlagan hamda moliya, iqtisodiyot va soliq sohalarida bir qator davlat tashkilotlarida faoliyat yuritgan. U Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi unvoniga sazovor boʻlgan. Tayinlovdan avval Davlat soliq qoʻmitasi Moliya va moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasi Buxgalteriya boʻlimi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlagan.

Eslatib oʻtamiz, ushbu xizmat Oʻzbekiston prezidentining 2020 yil 27 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga asosan tashkil qilingan.

Asosiy mavzular