22:57 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
133010

Dengiz sathidan 2000 m baland togʻli hududlarda yogʻayotgan yomgʻir qorga aylanishi ehtimoli bor. Bugun respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

TOSHKENT, 9 okt - Sputnik. Shimoliy Qozogʻiston hududlaridan nisbatan sovuq havoning bir-biriga yaqinlashgan qismlari Oʻzbekiston hududiga birin-ketin kirib kelmoqda.

Bugundan respublika hududiga yana sovuq havo kirib kela boshladi, kunning birinchi yarmida hududning ayrim qismlarida havo harorati kechagidan 4-6 darajaga past boʻldi, deya xabar beradi Oʻzgidromet.

Xuddi shunday sovuq havo, ertaga respublika hududida ham davom etadi. Kechasi harorat 3-6 daraja, shimolda 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi va kunduzi 13-17 darajadan yuqori boʻlmaydi, bu 5-7 darajaga meʼyordan past.

Hududning katta qismida bugun va ertaga quruq havo saqlanib qoladi. Faqat Oʻzbekistonning Janubi-Sharqiy hududlari Turkmaniston hududlaridan nam bulut massalari kirib keladi. Fargʻona vodiysi viloyatlari hamda respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarining ayrim joylarida yomgʻir yogʻadi, dengiz sathidan 2000 m baland togʻli hududlarda yogʻayotgan yomgʻir qorga aylanishi ehtimoli bor.

Bugun respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuni Oʻzbekiston hududining koʻp qismida kam bulutli va quruq ob-havo kutilmoqda. Kechasi havo harorati 3-6 daraja iliq, shimolda 0-3 daraja sovuqqacha, kunduzi esa havo 18-20 darajagacha isiydi.

Asosiy mavzular