05:51 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
147 0 0

BSST maʼlumotlariga koʻra, 19 oktyabrdan 25 oktyabrgacha boʻlgan davrda dunyoda 2 884 604 ta koronavirus infektsiyasiga chalinish holatlari qayd etilgan.

TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. Soʻnggi haftada yer yuzida rekord darajada 2,8 millionta COVID-19ga chalinish holatlari qayd etildi, deb xabar bermoqda Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti.

BSST maʼlumotlariga koʻra, 19 oktyabrdan 25 oktyabrgacha boʻlgan davrda dunyoda 2 884 604 ta koronavirus infektsiyasiga chalinish holatlari qayd etilgan. Shu bilan birga, COVID-19ni yuqtirgan 39 712 nafar bemor vafot etgan. Infektsiya bilan bemorlanish boʻyicha tasdiqlangan holatlar soni undan oldingi hafta (12-18 oktyabr) bilan solishtirganda 16 foizga, oʻlim holati 8 foizga ortgan.

BSSTga muvofiq, oʻtgan haftada kasallanish holatlari eng koʻp qayd etilishi Yevropada (1 335 914 holat), Shimoliy va Janubiy Amerikada (884 318)  kuzatilgan.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infektsiyasi tarqalishini pandemiya deb eʼlon qildi. BSST taqdim etgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda infektsiyalanish holatlari 43 millionga yetgan, 1,1 milliondan ziyod bemor vafot etgan.

Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 66 mingdan ortdi. Shu bilan birga kasallarning 96%i tuzalishga muvaffaq boʻlgan. 

Asosiy mavzular