16:41 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Yangiliklar
Havola olish
89 0 0

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi koronavirus infektsiyasi - COVID-19 tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi.

TOSHKENT, 17 noya - Sputnik. Dunyo boʻyicha koronavirus infektsiyasiga chalinganlar soni 55 milliondan ortdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Jons Xopkin universiteti maʼlumotlariga tayangan holda.

Universitet maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston vaqti bilan 12:54da koronavirusga chalinganlar soni dunyo boʻylab 55 033 418 nafarga yetgan, ushbu infektsiyani yuqtirgani tasdiqlangan 1 327 500 kishi vafot etgan.

Sogʻaygan insonlar soni 35,3 millionni tashkil qilmoqda.

Oʻzbekistonga 17 noyabr holatiga koʻra, koronavirusga chalingan fuqarolar soni 70 444 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan 67 734 nafari sogʻayishga muvaffaq boʻlgan.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi koronavirus infektsiyasi - COVID-19 tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi.

 

Asosiy mavzular