03:12 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1349)
22120

"Sputnik V: COVID-19ga qarshi vaktsina" virtual tadbiri BMT Bosh assambleyasi maxsus sessiyasi maydonlarida boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Ikkinchi dekabr kuni Rossiyaning Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakolatxonasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaktsinasi taqdimotini oʻtkazadilar.

"Tadbirda Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko, Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya, Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar fondi (RFPI) rahbari Kirill Dmitriyev ishtirok etishadi", — deb xabar qildi RIA Novostiga doimiy vakolatxona matbuot-kotibi Fedor Strjijovskiy.

U shuningdek, "Sputnik V: COVID-19ga qarshi vaktsina" virtual tadbiri BMT Bosh assambleyasi maxsus sessiyasi maydonlarida boʻlib oʻtishini qoʻshimcha qildi. Majlisda Rossiya preparati toʻgʻrisida yanada batafsil maʼlumotlar taqdim etiladi, deb qoʻshimcha qildi agentlik suhbatdoshi.

Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi yoz oyi oxirida COVID-19 profilaktikasiga qarshi dunyodagi birinchi vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazgan edi. Gamaleya nomidagi NITSEMda ishlab chiqilgan preparatga "Sputnik V" nomi berildi. Vaktsina oʻrganilgan va ishonchli inson adenovirus vektorlari platformasida yaratildi. Bunday metod asosida yaratilgan vaktsinaning asosiy ustuvorliklari - xavfsizligi, samaradorlik va uzoq muddatli negativ oqibatlarning yoʻqligi bilan izohlanadi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1349)

Asosiy mavzular