Jamiyat

COVID ikkinchi toʻlqini, vaktsina va islohotlar: SSV yangi rahbari bilan intervyu

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMinistr zdravooxraneniya RUz Abduxakim Xadjibayev
Ministr zdravooxraneniya RUz Abduxakim Xadjibayev - Sputnik Oʻzbekiston
Noyabr boshida Oʻzbekiston SSV lavozimiga tayinlangan tibbiyot fanlari doktori, professor Abduhakim Xadjibayev Sputnik muxbiriga rejalashtirilayotgan islohotlar, COVID-19 bilan bogʻliq vaziyat va Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasi borasidagi muzokaralar haqida soʻzlab berdi.

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Mamlakatda uzoq umr koʻruvchilar soni koʻpayishi uchun Oʻzbekiston rahbariyati qanday choralar koʻrmoqda, respublikaning Yevropa mamlakatlariga qaraganda koronavirusga qarshi yaxshiroq kurasha olayotgani boisi nimada va dunyo COVID-19 ustidan gʻalaba qozonilgani haqida qachon gapirishni boshlaydi – bu va boshqa savollarga Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev javob berdi.

- Abduhakim Moʻminovich, Siz uchun SSV rahbari lavozimiga tayinlanish qanchalik kutilmagan holat boʻldi?

Ministr zdravooxraneniya Abduxakim Xadjibayev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev yangi SSV rahbarini tayinladi

- Ochigʻini aytaman, kutilmaganlik holati boʻldi. Lekin boshqa tomondan – mening deyarli 20 yildan buyon Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyatiga aloqam bor. 2003 yilda sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan edim, 2007 yildan faoliyatimni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori sifatida davom ettirdim. 2016 yilning oxirida yana vazirning birinchi oʻrinbosari etib tayinlandim, bir necha oy oʻtib vazir oʻrinbosari – yuqorida tilga olingan markaz bosh direktori boʻldim.

Iyul oyi oʻrtasida, birinchi toʻlqin avjiga chiqqan pallada meni sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, bir necha hafta ilgari esa vazir etib tayinlashdi.

Menga katta ishonch bildirildi, bu oʻta masʼuliyatli. Shu bois vazirlik oldida turgan vazifalarni hal qilish barcha ishni qilyapman va qilaman.

Graffiti cheloveka s beskontaktnыm termometrom na ostrove Yava  - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus sovuqda avj oladimi - SSV javobi

- Noyabr boshida prezident Shavkat Mirziyoyev SSV tizimini “butunlay qayta koʻrib chiqish” boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Davlat rahbari qanday ustuvor vazifalarni belgilab berdi, qanday islohatlarni amalga oshirish koʻzlangan?

- Ushbu tarixiy yigʻilishdan keyin uchta qaror va bitta farmon chiqdi. Asosiy eʼtibor sogʻliqni saqlash birinchi boʻgʻini darajasidagi ishlarni tubdan koʻrib chiqishga qaratiladi. Ushbu muassasalar uchun fuqarolarni sogʻlom turmush tarziga jalb qilish asosiy vazifa boʻlishi kerak. Shuning uchun hozir shifokorlar vazifalari qayta koʻrib chiqilmoqda. Avval biz ularni umumiy amaliyot vrachlari deb atardik, endi esa ular, aslida, oilaviy vrachlar boʻlishadi. Ularning har biri oʻz bemorining sogʻligʻi haqidagi hamma narsani biladi.

Vrach skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tibbiy sugʻurta tizimini joriy etish boshlandi: dastlab Sirdaryo

Bu yoʻnalishdagi ilk loyihani Qashqadaryo viloyatida amalga oshirishni rejalashtiryapmiz. U yerda bir yarim mingta tibbiyot brigadalari tashkil etiladi, ularning har birida bitta oilaviy vrach va patronaj xizmatiga oʻqitilgan toʻrt-besh oʻrta boʻgʻin tibbiyot xodimi boʻladi. Kelgusida brigadalar yiliga bir marta ularga ishonib topshirilgan hududdagi istiqomat qiluvchi fuqarolarning salomatligini tekshiradi. Ularni toʻrt guruhga ajratish rejalashtirilmoqda: birinchisi – sogʻlom kishilar (faqat sogʻlom turmush tarziga rioya qilish talab etiladi), ikkinchisi – biror bir kasallik rivojlanishiga moyil boʻlgan kishilar (sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, jismonan faol boʻlish, toʻgʻri ovqatlashish zarur va hokazo), uchinchisi – kasallik allaqachon rivojlanayotgan fuqarolar (bu yerdagi asosiy vazifa kasallik ogʻirlashishini oldini olish). Toʻrtinchi guruh bu kasallikning uchinchi-toʻrtinchi bosqichida boʻlganlar va faol patronaj xizmatiga muhtojlar.

Qashqadaryoda birlamchi patronaj koʻrigini yil oxiriga qadar oʻtkazishni rejalashtirganmiz. Jarayonni qisqa muddatda va yuqori samaradorlikda muvaffaqiyatli tashkil etish uchun u yerga shifokorlar, oliygoh oʻqituvchilari, barcha ilmiy-amaliy markazlarimizning mutaxassislarini jalb qildik. U yerda jami 700 kishidan ziyod kishi boʻlib turibdi, hokimiyat ularni turar-joy, transport va kerakli jihozlar bilan taʼminlamoqda. Ish 1 dekabrdan boshlanadi. Yangi yildan loyihani qolgan boshqa hududlarda ishga tushiramiz. Uni yilning birinchi choragi oxiriga qadar yakunlashni rejalashtiryapmiz. Soʻngra chuqur va maqsadli patronajga oʻtamiz.

Patsiyent vo vremya protsedurы ochistki krovi na apparate Iskusstvennaya pochka - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Majburiy tibbiy sugʻurta 3 bosqichda kiritiladi  

Prezident bizdan talab qilayotgan ikkinchi narsa bu sogʻliqni saqlashning birinchi boʻgʻini muassasalari va ixtisoslashgan markazlarimiz oʻrtasida yaqin aloqalarni yoʻlga qoʻyishdir.

Toshkentda 18 taga yaqin ixtisoslashgan markazlar mavjud. U yerda asosan yuqori malakali mutaxassislar, olimlar ishlashadi. Shuningdek, sakkizta tibbiyot oliygohlari va ularning toʻrtta filiali bor. Ularning vakillari  vaqti-vaqti bilan viloyat va tumanlarga maslahatlashuv oʻtkazish va bemorlarga muolaja tayinlash uchun borib turishadi.

Shifokor oʻz ishining yuqoridan natijasidan maksimal darajada manfaatdor boʻlishi juda muhimdir.

Natijada bu choralar davlatga juda katta iqtisodiy samara beradi.

- SSV Sogʻliqni saqlash kodeksi loyihasini ishlab chiqdi. U nima uchun lozimligi haqida soʻzlab bersangiz.

- Hozir bizda turli yoʻnalishlar boʻyisa 16 ta amaldagi qonunlar bor. Biroq, ochigʻini aytsak, ularning ayrimlari bir-biriga muvofiq kelmaydi. Biz bu barcha qonunlarni qamrab oladigan, ularni toʻldiradigan, zamonaviy voqelikka moslashtiradigan, sogʻliqni saqlash sohasidagi nazoratni yaxshilaydigan kodeksni yaratmoqchimiz.

- Keling, bir necha oy ortga, koronavirus pandemiyasi boshiga qaytsak. Oʻzbekiston infektsiyaning ehtimoliy tarqalishiga qanday tayyorgarlik koʻrdi?

- Mamlakat hukumati 15 mart, bizda birinchi COVID-19 holatiga qayd etilgunga qadar chora koʻrishni boshladi. Zero Xitoy va boshqa mamlakatlarda koronavirus shiddat bilan tarqalayotgani haqida boxabar edik. Fevral oxirida prezident Shavkat Mirziyoyev ehtimoliy pandemiya tayyorgarlik koʻrish va unga qarshi kurashish choralari toʻgʻrisidagi qarorga imzo chekdi. 16 martdan bosh vazir rahbarligida maxsus komissiya tashkil etildi va u cheklov choralarini ishlab chiqib, ular haqida eʼlon qilib bordi.

Graffiti cheloveka s beskontaktnыm termometrom na ostrove Yava  - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus sovuqda avj oladimi - SSV javobi

Qisqa muddat ichida karantin zonalari tashkil etildi. Birinchisi Toshkent yaqinida, u yerdagi karantin zonasi 20 ming kishiga moʻljallangan va barcha minimal zaruriy sharoitlarga ega edi. Oʻzbekistonga kelayotgan kishilar – ham respublika fuqarolari, ham xorijliklar – bu zonada  ular bepul 14 kun shifokorlar nazorati ostida boʻlishdi. Ular uch mahal ovqat va koronavirusga test topshirish imkoniyati bilan taʼminlandi. Agar ikki haftadan soʻng ularda infektsiya tasdiqlanmasa, unga javob berilardi. COVID-19 tasdiqlangan fuqarolarni ixtisoslashgan, asosan yuqumli kasalliklar kasalxonalariga yuborilardi.

Kasallanganlar soni koʻpayishi bilan mamlakatda ularni davolash uchun boshqa tibbiyot muassasalari moslashtirildi. Parallel ravishda hukumat zaruriy asbob-uskunalarni, xususan, sunʼiy nafas oldirish va oksigenator xarid qilish borasida katta ishni amalga oshirdi. Qisqa muddatda ular mamlakatga keltirilib, kasalxonalarga taqsimlandi.

Taxminan ikki-ikki yarim oy ichida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida toʻrt ming kishiga moʻljallangan yuqumli kasalliklar shifoxonasi qurildi. Bu nihoyatda oʻz vaqtida qilingan ish boʻldi.

- Mamlakatdagi hozirgi epidemiologik vaziyatni qanday baholaysiz?

- Vaziyat barqaror. Bugungi kunda tasdiqlangan holatlar ikki mingdan biroz koʻproq. Ammo biz nafaqat SOVID-19 bemorlarini, balki kasalxonadan tashqari pnevmoniyasi bor kishilarni ham kasalxonaga yotqizamiz.  Maʼlumki, yolgʻon natija koʻrsatuvchi testlar ham bor, qolaversa, test birinchi oʻn kunda musbat boʻlishi, keyin, hatto pnevmoniya rivojlanganda, u manfiy boʻlishi mumkin.

Biroq barqaror vaziyat bizni xotirjam qilmaydi. Koʻp mamlakatlar, jumladan, Rossiya tajribasiga koʻra, ikkinchi toʻlqin, aftidan, muqarrarligini tushunamiz. Lekin biz hozirmiz va u yengil oʻtish uchun qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoye soveщaniye po voprosam smyagcheniya negativnogo vozdeystviya koronavirusnoy pandemii na stranu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev: Pandemiya sharoitida ishlash va yashashga oʻrganishimiz kerak

Vaziyat barqarorlashgan paytda 150 ta kasalxonadan 45 taga yaqinini ishlashga qoldirdik, qolganlarining faoliyatini toʻxtatdik. Zarur boʻlgan paytda ular yana koronavirus bemorlarni qabul qilishlari mumkin.

Bundan tashqari, bugungi kunda aholi koronavirusga test topshirishi mumkin boʻlgan joylar ancha koʻpaydi. Mamlakatda 152 ta laboratoriya ishlamoqda.

- Agar Oʻzbekistondagi COVID-19 vaziyatini tahlil qilsak va uni Yevropadagi bilan taqqoslasak, respublika infektsiyaga qarshi kurashishning samarali uddasidan chiqayotgani haqida xulosa qilish mumkin. Sizningcha, buning boisi ne?

- Iyul oyining ikkinchi yarmi – avgustning birinchi yarmida kasallikning birinchi avj olgan pallasi boʻldi, Yevropa va Rossiyada esa ikki-ikki yarim oy avvalroq kuzatildi. Avj olgan pallada Oʻzbekistonda 150 dan ziyod kasalxonalarda kerakli asbob-usuna va dori-darmon bilan zaxira joy tashkil etishga erishildi. Kasallikning oldini olish muhim oʻrin tutdi. Shunday qilib, pandemiya zarbasini hukumat va SSV tomonidan qabul qilingan choralar yumshatishga koʻmaklashdi. Dunyoda koronavirusdan oʻlim oʻrtacha 5 foizgacha, Yevropaning ayrim mamlakatlarida hatto yuqori. Rossiyada 1,5 foizdan 2 foizgacha, bizda taxminan 0,8-0,9 foizni tashkil etadi.

Poxoronы cheloveka, skonchavshegosya ot COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Dunyoda COVID dan oʻlim antireytingida yetakchi oʻzgardi

- Rossiya haqida. Rossiya Oʻzbekistonga qanday yordam koʻrsatdi?

- Iyul-avgust oyida respublikada Rossiya shifokorlarining ikkita brigadasi ishladi. Ular shifokorlarimiz bilan birgalikda bemorlarni davolashdi, seminarlar oʻtkazishdi. Tajriba almashindi. Bu esa shifikorlarimizga qisqa vaqtda oʻz taktikalarini takomillashtirishlariga yordam berdi.

Ha, aytgancha: bizda, Rossiyadagi kabi, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash boʻyicha milliy qoʻllanma ishlab chiqildi. Bir necha kun ilgari Rossiyada uning toʻqqizinchi versiya chop qilindi, biz sakkizinchisi asosida ishlayapmiz. Bu va oldingilari rossiyalik hamkasblar tajribasini inobatga holga tayyorlangan.

Rossiyskiye vrachi vernulis na rodinu posle 2x nedel prebыvaniya v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiyalik shifokorlar missiyasi yakunlandi

- Abduhakim Moʻminovich, pandemiya munosabati bilan Oʻzbekistonda qanday davlat koʻmagi turlari paydo boʻlgani haqida soʻzlab bersangiz.

- Hukumat 4-5 dori-darmondan iborat COVID toʻplami deb ataluvchi yordamni fuqarolarga tarqatish boʻyicha katta ishlarni amalga oshirdi. Bunday toʻplamdan ikki milliondan ziyodi shakllantirildi. Ular bemorlar bilan muloqatda boʻlganlar, virusning alomatsiz tashuvchilari va barcha maktab oʻqituvchilariga tarqatildi. Bu yoʻnalishdashi ishlar davom ettirilmoqda.

Sotrudnitsa laboratorii - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston qachon Xitoy vaktsinasini sinovdan oʻtkazishni boshlaydi - vazir Xadjibayev javobi

- Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati respublikada xitoy vaktsinasi sinovlari boshlanganini maʼlum qildi. Bu Oʻzbekiston ushbu preparatni sotib olishni niyat qilganini anglatadimi?

- Butun dunyo boʻylab vaktsina yaratish ustidan yuzdan ortiq kompaniya ish olib bormoqda, 20 gacha yaqini birinchi-ikkinchi bosqichlarini oʻtkazib boʻlib, uchinchisini boshlamoqda. Bizga ikkita Xitoy kompaniyasi (“Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” va “Sinopharm Group” – tahr.) hamda uning koʻmagida “Sputnik V” vaktsinasi yaratilgan Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi (RPFI) aloqaga chiqdi.

Brigada iz 35 moskovskix vrachey vыletela v Uzbekistan dlya okazaniya konsultativno-metodicheskoy i prakticheskoy pomoщi mestnыm spetsialistam v lechenii patsiyentov s COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yana bir guruh moskvalik shifokorlar Oʻzbekistonga joʻnab ketishdi

Xitoy kompaniyalaridan biri ("Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical" – tahr.) klinik sinovlarining uchinchi bosqichini oʻtkazish uchun begʻaraz olti ming doza vaktsina taklif qildi. Bu taklif qabul qilindi, preparat namunalari Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi huzuridagi Davlat markazida tekshiruvdan oʻtkazilmoqda. Soʻngra turli jins, yoshdagi fuqarolar ishtirokida sinovlar boshlanadi.

Rossiya vaktsinasi haqida toʻxtaladigan boʻlsak: hozir RFPI bilan muzokaralar olib borilmoqda. Ulardan klinik sinovlarining uchinchi bosqichini oʻtkazish uchun hech boʻlmaganda 500 dozasini soʻradik. Agar javob ijobiy boʻlsa, jarayon oldinga siljiydi. Agar bu yil boʻlmasa, unda umid qilamanki, kelgusi yilning birinchi choragida klinik sinovlarni boshlash mumkin boʻladi. Shundan soʻng uni xarid qilish xususida qaror qabul qilinadi.

Ministr zdravooxraneniya Abduxakim Xadjibayev o tom, kogda mir zagovorit o pobede nad koronavirusom  - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Dunyo COVID-19 pandemiyasi ustidan qachon gʻalaba qozonadi - SSV rahbari fikri

Biz Rossiyaning koronavirusga qarshi boshqa vaktsinalari borasidagi muzokaralar uchun ochiqmiz.

- Fikringizcha, dunyo bu infektsiya va pandemiya ustidan gʻalaba haqida qachon gapira boshlaydi?

- Menimcha, oʻzini hurmat qiluvchi hech bir kishi bu savolga aniq javob berishni zimmasiga olmaydi. Lekin tajribani hisobga olgan holda: oʻtgan yaqin 30-40 yil ichida bunday keng koʻlamli pandemiya boʻlmagan. Prognozlar, olimlar va JSST mutaxassilari fikrini inobatga olib, oʻylaymanki, 2021 yil oxiriga qadar jarayon sustlashadi – ommaviy emlash boshlanishi bilan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala