10:18 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Yangiliklar
Havola olish
232 0 0

Oʻgʻri ayol qizaloqlarga bayram tadbiriga olib borishini aytib, ularning qulogʻidan ziraklarini yechib olib, hodisa joyidan yashiringan.

TOSHKENT, 10 dek - Sputnik. Andijonda yolgʻiz uyiga qaytayotgan oʻquvchi qizlarning quloqlaridagi ziraklarni yechib olgan ayol ushlandi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Hodisa Andijonda 2020 yilning 26 noyabr kuni kunduzi roʻy bergan.

Fuqaro 26 yoshli Zulfiyaxon I. shu kabih niyatni rejalashtirib, maktab oʻquvchilari 8 yoshli Rayyona va 7 yoshli Zarinalarning yolgʻiz kelayotganligidan foydalanib, ularga bayram tabrigi olib borishni aytib qizchalarning qulogʻidan 2 juft ziraklarini yechib olib, hodisa joyidan yashiringan.

Oradan bir kun oʻtib, soat 13:00 larda ayol oʻzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, A.Temurshoh koʻchasida maktab oʻquvchisi - voyaga yetmagan 9 yoshli Munisaning yolgʻiz kelayotganidan foydalanib, unga bayram tadbirida ishtirok etishini aytib, qulogʻidan bir juft ziraklarini yechib olib, hodisa joyidan yashiringan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, gumon qilinuvchi Zulfiyaxon I.,dan jabrlanuvchilar Rayyona SH., va Zarina A.,larga tegishli boʻlgan sirgʻalar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Zulfiyaxon I.,ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Asosiy mavzular