17:49 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
151 0 0

Moskvadagi Rerixlar muzeyi (Sharq xalqlari davlat sanʼat muzeyining filiali) direktori Tigran Mkrtыchev Savitskiy muzeyi direktorligiga oʻtkazilgan ochiq tanlovda gʻolib deb topildi.

TOSHKENT, 12 dek - Sputnik. I.V. Savitskiy nomidagi Nukus muzeyi direktori lavozimiga tanlov gʻolibi Tigran Mkrtыchev 2021 yil 2-yanvardan oʻz vazifasiga kirishadi, deb xabar berildi Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va Sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining rasmiy telegram kanalida.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidentining 2018 yil 28 avgustdagi qarorida nazarda tutilgan tadbirlar - yaʼni muzeylarni yangilash va amaliyotga joriy etish, Oʻzbekiston muzeylarida xodimlarni rahbarlik lavozimlariga jalb etish maqsadida Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat sanʼat muzeyi direktori lavozimiga ochiq xalqaro tanlov tashkil etilgan va oʻtkazilgan edi.

Tanlov Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlar fuqarolari oʻrtasida oʻtkazildi. Nomzodga belgilangan asosiy talablar quyidagilardan iborat boʻldi: sanʼat tarixi, muzey ishi, arxeologiya va muzey antropologiyasi yoki boshqa tegishli sohada ilmiy daraja mavjudligi, madaniyat muassasasida maʼmuriy va boshqaruv lavozimlarida kamida toʻrt yillik ish tajribasi.

Tanlovning birinchi bosqichi natijalariga koʻra Germaniya, Rossiya, Qozogʻiston va Qoraqalpogʻistondan boʻlgan 6 nafar nomzod oʻtdi. Ikkinchi yakuniy bosqichda nomzodlar oʻzlarining taqdimotlarini ekspertlar kengashiga taqdim etdilar va Nukus shahrida, Savitskiy nomidagi muzeyda yuzma-yuz suhbatdan oʻtdilar. Tanlov yakunida Moskvadagi Rerixlar muzeyi (Sharq xalqlari davlat sanʼat muzeyining filiali) direktori Tigran Mkrtыchev gʻolib deb topildi.

Savitskiy muzeyining yangi rahbari Oʻzbekistonda taʼlim olgan. Tigran Mkrtыchev - Toshkent davlat universiteti Markaziy Osiyo arxeologiyasi boʻlimining bitiruvchisi. Ikkinchi oʻquv yilida u taniqli sovet sanʼatshunosi Lazar Izrailevich Rempelning laboranti boʻldi. Bu T.K.Mkrtыchevning Oʻrta Osiyoning qadimgi va dastlabki oʻrta asrlar sanʼati (terakota plastikasi, devor rasmlari va boshqalar) sohasidagi qiziqishlarining keng doirasini belgilab berdi.

T.K. Mkrtыchev ekspeditsiyalarda G.A. Pugachenkovaning rahbarligida Samarqand viloyatidagi Orlat shaharchasida aspirant sifatida qatnashgan. Sharq davlat muzeyida ishlayotganda u Oʻrta Osiyo arxeologik ekspeditsiyasiga rahbarlik qildi (Durmontepa shaharchasi, Samarqand viloyati; Varaxsha, Buxoro viloyati), shuningdek, YE.V. Rtveladze (Kampirtepa shaharchasi) boshchiligidagi Toxariston arxeologik ekspeditsiyasi Sharq davlat muzeyi otryadi rahbari va Sengim (Xitoy) shaharchasidagi Hindiston sanʼati muzeyi (Berlin) arxeologik missiyasining rahbari boʻlgan.

Tigran Mkrtыchev "I - X-asrlarda Markaziy Osiyoning Budda sanʼati" mavzusida sanʼatshunoslik doktori ilmiy darajasiga ega va "V-X asrlarda qadimgi odamlar kosmologiyasi va uning Markaziy Osiyo sanʼatida aks etishi" mavzusida sanʼatshunoslik fanlari nomzodi. U 1994 yildan 2008 yilga qadar Oʻzbekistonning Buxoro, Samarqand, Termiz va boshqa shaharlarida oʻtkazilgan bir qator arxeologik ekspeditsiyalarning rahbari boʻlgan. Tigran Mkrtыchev Sharq davlat muzeyi, Rerix muzeyi, A.S. Pushkin nomidagi Davlat tasviriy sanʼat muzeyi (Moskva, Rossiya), Reys - Engelxort muzeyi (Manxaym, Germaniya), Metropoliten muzeyi (AQSH), Turkmaniston tasviriy sanʼat muzeyi (Ashxabod) da 20 dan ortiq koʻrgazma loyihalarini tashkil etgan va koʻplab amaliyotlar, shu jumladan Berlindagi Hind sanʼati muzeyi va Nyu Yorkdagi Metropoliten muzeyida amaliyot oʻtagan.

Tigran Mkrtыchev direktorlik faoliyatini I.V. Savitskiy muzeyi kollektsiyasini oʻrganish boʻyicha Xalqaro kengashni tuzishdan, shuningdek taniqli rassomlar, siyosatchilar va biznes vakillarini oʻz ichiga olgan xalqaro homiylik kengashini yaratishdan boshlaydi.

Muzey ishining asosiy ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardan iborat boʻladi: xalqaro koʻrgazma loyihalari taqvimini yaratish, muzey koʻrgazma maydonlarini modernizatsiya qilish, xodimlarning kasbiy darajasini oshirish, ilgʻor muzey texnologiyalarini joriy etish, inklyuzivlik muhitini yaratish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, muzeyning fondini yaratish va fandrayzing dasturlari.

Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tasviriy sanʼat, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohasidagi tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etib boradi va shu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlaydi. Jamgʻarma xalqaro madaniyat aloqalarni kengaytiradi, mamlakatda metsenatlikni rivojlantiradi, shuningdek, Oʻzbekistonning madaniyat salohiyatini jahon miqyosida targʻib qiladi.

Asosiy mavzular