Madaniyat

Savitskiy muzeyidagi rasm 60 % emas 30-35 %ga zarar koʻrgan – Akilova

© Foto, Amir IsayevKamola Akilova, zamestitel ministra kulturы Uzbekistana
Kamola Akilova, zamestitel ministra kulturы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston Madaniyat vaziri yaqin orada barcha muzeylardagi oʻt oʻchirish tizimi prokuratura bilan hamkorlikda tekshirilishini aytdi.

TOSHKENT, 26 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Madaniyat vaziri oʻrinbosari Kamola Akilova ushbu vaziyat yuzasidan Sputnik muxbiriga rasman izoh berdi.

"Asar 30-35 %ga zarar koʻrgan, ijtimoiy tarmoqlarda yozilganidek 60 %ga emas", - dedi vazir oʻrinbosari.

Rabota restavratsionnыx masterskix Tretyakovskoy galerei - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Savitskiy muzeyidagi asar qanchalik zarar koʻrgani maʼlum boʻldi

"Men ushbu voqeada ijtimoiy tarmoqlar oʻrniga alohida izoh bermoqchiman. Biz u yerdan yangiliklarni oʻz xodimlarimizdan koʻra oldinroq bilib olayapmiz. Men bu haqida payshanba kuni eshitdim va darhol muzey direktoriga qoʻngʻiroq qildim", - deydi Akilova.

Shanba kuni vazir oʻrinbosari boshqa mutaxassislar bilan rasmni koʻzdan kechirib, uni xorijiy restavratorlar yordamida qayta tiklashga qaror qilishadi.

"Biz Pushkin nomidagi Davlat Sanʼat muzeyiga va Grabar nomli Rossiya badiiy ilmiy-restavratsion markazga xat yozdik”, - deydi Akilova.

Rossiyadan Pushkin muzeyi direktori Marina Loshak restavrator yuborishga rozi boʻlgan. Shu bilan bir vaqtda Madaniyat vazirligi Luvrda oʻqigan oldin Savitskiy muzeyi kartinalarini restavratsiya qilgan Stanislav Xashimov bilan ham muzokaralar olib bormoqda.

Sergey Zagrayevskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Xolstga moyboʻyoq bilan chizilgan rasmning suvdan zarar koʻrishi amri mahol - ekspert

Akilova aytishiga qaraganda asarning restavratsiya qilish xarajatlarini qurilish kompaniyasi toʻlashga rozi boʻlgan.

Shu bilan birga muzeydagi oʻt oʻchirish tizimini almashtirishga qatʼiy  qaror qilingan. Odatda muzeylarda gaz oʻrdamida oʻt oʻchiruvchi tizimlar oʻrnatiladi, lekin oʻz vaqtida Nukus muzeyida narxi arzon boʻlgani tufayli suvli oʻt oʻchirish tizimi oʻrnatilgan.

Ayni damda kartina gorizontal holatda, moʻʼtadil horaratda saqlanmoqda. Hozir uni keskin quritib yubormaslik muhim vazifa. Muzey xodimlari tunu-kun uning yonida navbatchilik qilmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekiston Madaniyat vaziyari Baxtiyor Sayfullayev yaqin orada barcha muzeylardagi oʻt oʻchirish tizimi tekshirilishini va suvli tizimlar gazli tizimga almashtirilishini aytib oʻtdi.

Madaniyat
Savitskiy muzeyidan qaygʻuli xabar

Muzey direktori lavozimiga sobiq direktor Marinika Bobonazarova qaytishi mumkinmi, degan savolga madaniyat vaziri quyidagicha javob berdi.

"Bu masalani hozircha koʻrib chiqishning iloji yoʻq, chunki tergov davom etmoqda. Muzeyda inventarizatsiya olib borilmoqda. U tugaganidan keyin biz ushbu masalaga qaytishimiz mumkin", - dedi vazir.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada Savitskiy muzeyi durdonalaridan biri hisoblangangan Shevchenkoning "Chelak koʻtargan xotin" asari oʻt oʻchirish tizimining notoʻgʻri ishlab ketishi oqibatida jiddiy zarar koʻrgani haqida xabar tarqalgan edi.  

Yangiliklar lentasi
0