10:44 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Yangiliklar
Havola olish
295 0 0

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.

TOSHKENT, 19 dek - Sputnik. Qarshida 13 nafar oʻsmir is gazidan zaharlanganishi boʻyicha tergovga qadar tekshiruv boshlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, bugun 19 dekabr kuni ertalab Qarshi shahridagi xususiy oʻquv markazlaridan birining yotoqxonasida yashovchi 13 nafar oʻsmir yotoqxonaga oʻrnatilgan gaz bilan ishlaydigan isitish qozonidagi nosozlik sababli zaharlanishgan.

Koʻrsatilgan tez tibbiy yordamdan soʻng ularni barchasining ahvoli yaxshilangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tekshiruv olib borilishi ustidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat oʻrnatilgan.

Noyabr oyining birinchi yarmida Oʻzbekiston Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbiddin Burhonov 2020 yilda is gazi va gaz portlashidan jabr koʻrgan fuqarolar soni haqida maʼlumot bergan edi.

Unga koʻra, 2020 yilning oʻtgan davrida is gazidan zaharlanish bilan bogʻliq jami 52ta holat sodir boʻlib, ularda 69 nafar fuqaro jabrlangan, 61 nafari vafot etgan. Gaz portlashi bilan bogʻliq 12ta holat kuzatilib, ularda 147 nafar fuqaro jarohatlangan, 19 nafari vafot etgan.

Asosiy mavzular