11:06 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Yangiliklar
Havola olish
379 0 0

Natijada, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stantsiyalariga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz soatiga 140-175 ming metr kubga qisqargan.

TOSHKENT, 4 yanv - Sputnik. Bugun soat 6:59 da va 10:10 da "Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi"ga qarashli neft va gaz qazib chiqarish konlarini elektr energiyasi bilan taʼminlab turgan “Neftchi” podstantsiyasidan chiquvchi L-Zevarda -1,2 elektr uzatish tarmoqlari rele himoyasidan oʻchgan, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

Natijada, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stantsiyalariga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz soatiga 140-175 ming metr kubga qisqargan. Buning natijasida elektr energiyasi taʼminotida respublika hududlari boʻylab 600-800 MVtgacha cheklovlar kuzatilmoqda.

"Ushbu yuzaga kelgan nosozlik maxsus brigada tomonidan soat 12:15da bartaraf etilib, Zevarda, Janubiy Kemachi, Janubiy Oʻrtabuloq, Dengizkul, Samontepa siquv kompressor stantsiyalaridagi gaz xaydash agregatlari qayta ishga tushirilmoqda. Natijada magistral gaz quvurlariga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sarfi qayta tiklana boshladi.

Yuzaga kelgan muammo bugun soat 23:00 ga qadar toʻliq bartaraf etiladi. Nosozlik sabablari tegishli mutaxassilar tomonidan aniqlanmoqda", - deyiladi vazirlik xabarida.

Idora keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻragan.

Asosiy mavzular