06:30 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)
664 0 0

2016 yil 12 dekabr kuni MSK raisi Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov boshchiligida oʻtkazilgan majlisda deputat va senat aʼzolarining vakolatini muddatdan oldin tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan

TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasideputat va ikki senat aʼzolarining vakolatini muddatdan oldin tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston MSK matbuot-xizmati.

MSK raisi M. Abdusalomov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi 2016 yil 12 dekabr kuni boʻlib oʻtdi.

MSK N.Kaimovning xalq deputatlari Toʻraqoʻrgʻon tumani Kengashi deputati vakolati tugatilganligi hamda A.Butayevning xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan ularning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi vakolati muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qildi.

Shuningdek, majlisda 104-Quvasoy saylov okrugidan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati M.Ubaydullayev Margʻilon shahar hokimi etib tayinlanganligi munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida ham qaror qabul qilindi.

Mavzu:
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)
Teglar:
muddatidan oldin, MSK, Oliy majlis, senatorlar, deputatlar

Asosiy mavzular