07:19 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
143811

Shu kunga qadar Islamjan Ergashxoʻjayev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan edi

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Xalq deputatlari Toshkent viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Yigʻilish kun tartibida koʻrib chiqilgan masalalar qatorida viloyat hokimini tayinlash masalasi ham muhokama etildi, deb xabar qilmoqda kun.uz.

Xabarda maʼlum qilinishicha, viloyat hokimi lavozimiga Bobayev Shukrullo Habibullayevich nomzodi koʻrib chiqilgan va viloyat kengashi deputatlari qoʻllab-quvvatlashi bilan bir ovozdan maʼqullangan.

U 2016 yilning 4 fevralida Toshkent viloyatida Ahmadjon Usmonov oʻrniga yangi hokim sifatida tayinlangan, shu yil avgustida ishdan olingan Sodiq Abdullayev oʻrnini egalladi.

Oʻzbekiston Prezidentining 12 avgustdagi farmoniga muvofiq Islamjan Ergashxoʻjayev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida tayinlangandi.

Xabarlarga koʻra, I.Ergashxoʻjayev hozirga qadar boʻsh turgan Respublika Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimiga oʻtkazilgan.

Teglar:
Ahmadjon Usmonov, Toshkent viloyati, Abdullayev, hokim

Asosiy mavzular