22:12 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
54410

"Turkiya tomondan bildirishnoma hozircha kelgani yoʻq. Agar shunday maʼlumot bizga berilgan taqdirda Oʻzbekiston tomon ish boshlaydi, bunday holatlarda belgilangan qoidalar mavjud", - deb taʼkidlagan RIA Novostiga Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organidagi manba

TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston maxsus xizmatlari Istanbulda roʻy bergan teraktda gumon qilinayotganlar haqida Turkiyadan bildirish hujjatlarini olganlari yoʻq, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlaridan olingan maʼlumotlarga tayangan holda.

Eslatib oʻtamiz, dushanba kuni CNN Turk telekanali politsiyadan olingan maʼlumotlar asosida Istanbulda sodir etilgan teraktda "ID"ga aloqasi boʻlgan Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi gumon qilinayotgani haqida xabar bergan edi.

"Bildirish hujjatlari trkiyatomondan hozircha olingani yoʻq. Agar shunday maʼlumot bizga berilgan taqdirda Oʻzbekiston tomon ish boshlaydi, bunday holatlarda belgilangan qoidalar mavjud", — deb taʼkidlagan agentlikka manba.

Turkiya Bosh vazir oʻrinbosari Istanbuldagi terakt boshqa hujumlardan keskin farq qilishini taʼkidlagan.

Istanbuldagi Reina tungi klubiga qurollangan hujum Yangi yil oqshomida amalga oshirildi. Kalashnikov atomati bilan qurollangan terrorchi klubni qoʻriqlayotgan politsiyachini otib tashlagan va 700dan ortiq kishi boʻlgan klub binosiga kirib borib u yerdagi olomonga qarata oʻt ochgan.

Berilayotgan xabarlarga koʻra, 28-31 dekabr kunlari politsiya xizmati Turkiyaning turli shaharlarida IDga aloqador 63 jangarini qoʻlga olgan. Oʻtkazilgan soʻrovlar natijasida ushbu hujumga Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi aloqador boʻlishi mumkinligi haqida maʼlumot olingan.

Turkiya IIV maʼlumotiga koʻra, teraktda 39 kishi (shu jumladan 16 nafar chet el fuqarolari) halok boʻlganlar. 69 kishi jarohatlangan. Hujum uyushtirgan shaxs esa qidirilmoqda.

Teglar:
ID, Istanbul, Turkiya, terakt

Asosiy mavzular