12:46 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Podpis dokumentov

Oʻzbekiston va Tojikiston maxsus xizmatlari hamkorlik boʻyicha bitimni imzoladi

Sputnik / Mixail Palinchak
Siyosat
Havola olish
17710

Oʻzbekiston DXX raisi Ixtiyor Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya seshanba kuni Dushanbega keldi.

TOSHKENT, 13 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari xalqaro terrorizmga qarshi kurash, davlat chegarasini himoya qilish va axborot almashish masalalari boʻyicha hamkorlik qilish toʻgʻrisida bitimni imzoladi, deb xabar qildi Tojikiston milliy xavfsizlik xizmati matbuot xizmati.

"Hujjat Tojikiston milliy xavfsizlik qoʻmitasi rahbari Saymoʻmin Yatimov va Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev imzoladi", — deb taʼkidladi suhbatdosh.

Oʻzbekiston DXX raisi Ixtiyor Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya seshanba kuni Dushanbega keldi.

"Uchrashuv chogʻida ikki davlat maxsus xizmatlari oʻrtasida terrorizm, ekstremizm va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi", — deb taʼkidlandi Tojikiston milliy xavfsizlik xizmatida.

Tomonlar ikki davlat terrorchilik va ekstremizm, shu jumladan, Afgʻoniston hududida faoliyat yurituvchi terrorchilik guruhlarga qarshi kurashish borasida yagona yondoshuvlar borligini maʼlum qildi.

"Tojikston va Oʻzbekiston terrorchilik va ekstremistik tashkilotlarga qarshi kurash boʻyicha qatʼiy va yagona pozitsiyaga ega", — deyilgan Tojikiston milliy xavfsizlik xizmati xabarida.

Oʻzbekiston davlat xavfsizlik xizmati rahbari Rogʻun GESi qurilish maydoniga ham tashrif buyurdi.

Asosiy mavzular